Аvtomatlashtirlgan kushxonalarning elektron bazasi shaklantiriladi

17.03.2023

Аvtomatlashtirlgan kushxonalarning elektron bazasi shaklantiriladi

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasida respublika hududlarida faoliyat olib borayotgan zamonaviy avtomatlashtirilgan kushxonalarning faoliyatini yanada rivojlantirish hamda soʼyilgan qoramol goʼshtlarning yagona elektron bazasini shaklantirish masalalariga qaratilgan yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Uyushma tashabbusi bilan videokonferentsaloqa shaklida boʼlib oʼtgan yigʼilishda Uyushma rahbariyati va unga aʼzo kushxonalar rahbarlari, Uyushmaning hududiy boshqarmalari vakillari, Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasi rahbar va masʼul xodimlari, qoʼmitaning hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.

 Yigʼilishda Respublika hududlarida faoliyat olib borayotgan zamonaviy avtomatlashtirilgan soʼyish korxonalarining kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni oʼrganish va ularga amaliy yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi. 

Shuningdek, bugungi kunda hududlarda faoliyat olib borayotgan zamonaviy avtomatlashtirilgan kushxonalar faoliyati tahlil qilindi. Jumladan, zamonaviy soʼyish korxonalarida “VIS BILLUR” elektron tizimidan foydalanish darajasi, soʼyish korxonalarining moliyaviy koʼrsatkichlari, kushxona va ijtimoiy soha obʼektlari oʼrtasida goʼsht va goʼsht mahsulotlarini yetkazib berishda yuzaga kelayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni oʼz vaqtida samarali yechish boʼyicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Kushxonalarda veterinariya-sanitariya qoidalari asosida ishlarni tashkil etish yuzasidan qoʼmitaning taklif va tavsiyalari tinglandi. 

Shuningdek, hududlardagi kushxonalar rahbarlari tomonidan faoliyatlarida yuzaga kelayotgan masalalar tinglandi. Ularni oʼrganib chiqish va oʼz vaqtida samarali yechish yuzasidan yoʼl xaritasini ishlab chiqish boʼyicha qaror qabul qilindi.

Uzcharmsanoat