Oʼzbekiston charm-poyabzal sanoati CAF koʼrgazmasida

14.03.2023

Oʼzbekiston charm-poyabzal sanoati CAF koʼrgazmasida

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro moda ko‘rgazmasi – Central Asia Fashion o‘z ishini boshladi. U 31-marta xalqaro savdo aloqalarini o‘rnatish, yangi eksport bozorlariga chiqish va moda olamidagi so‘nggi tendensiyalarni o‘rganish uchun o‘z platformasini ishga tushirmoqda. Bu yil ko‘rgazmada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Belarus, Xitoy, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Gretsiya va boshqa 16 davlatdan 200 dan ortiq brendlar ishtirok etmoqda.

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 15 dan ortiq korxonalar, poyabzal, charm-attoriliq buyumlari, qorakoʼl mahsulotlari, charm kiyimlardan iborat yangi kollektsiyani xalqaro hamkorlarga taqdim etmoqda.

Koʼrgazmaning dastlabki kunida Qozogʼiston, Rossiyaning ulgurji savdo vakillari bilan hamkorlik muloqotlari boʼlibdi. Hususan, qorakoʼl mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Salay Zuhra” korxonasi Qozogʼistonlik baerlar bilan qorakoʼl mahsulotlarini mazkur davlat bozorlariga yetkazib berish boʼyicha muzokaralar oʼtkazdi. Manfaatli kelishuvlarga erishildi. Toshkent viloyatida joylashgan “Leather Apparels” korxonasi esa Rossiyaga 400 dona charm kurtkalarni yetkazib berish boʼyicha kelishuvni imzoladi.

CAFning dastlabki kunida yangi kollektsiyalar taqdimotiga bagʼishlangan liboslar koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan charm kiyimlar va qorakoʼl mahsulotlarining yangi kollektsiyasi taqdim etildi.

Koʼrgazma 15 martga qadar davom etadi.

Uzcharmsanoat