KOREYA TEXNOLOGIYALАRI ChARM-POYАBZAL KORXONALАRIGA JORIY ETILADI

01.03.2023

KOREYA TEXNOLOGIYALАRI ChARM-POYАBZAL KORXONALАRIGA JORIY ETILADI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasida Janubiy Koreyaning “Beomhan engineering” kompaniyasi filiali rahbari  Je, Hyo-Sung va “Pukyong” milliy universiteti proffesori Ki-Young-Jo bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Mulqotning asosiy mavzusi ikki davlat oʼrtasida charm-poyabzal va moʼynachilik sohasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, mamlakatimizdan Koreyaga tayyor mahsulotlar eksportini yoʼlga qoʼyish masalasini muhokama qilish hamda Oʼzbekistondagi charm korxonalarning tozalash inshoatlarini takomilashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash masalasi boʼldi.

Maʼlumot oʼrnida takidlash zarur, “Beomhan engineering” kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan. Аsosiy ish faoliyati suvdan oqilona foydalanish, atrof-muhtni muhofaza qilish sohasida tozalash inshoatlari uchun texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularga xizmat koʼrsatish va sifat nazoratini olib borish bilan shugʼullanadi. Shu kunga qadar kompaniya tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida 3000 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan. 

 “Pukyong” milliy universiteti esa Janubiy Koreyadagi eng tarixiy taʼlim maskani sanaladi. U 1924 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda butun jahon boʼylab 170000 mutaxassis ushbu universitet diplomini qoʼlga kiritgan. Аynan ushbu taʼlim maskani bitiruvchilari, geologiya, okeanariya, Аy-Ti, sanoat texnologiyalari, ekologiya yoʼnalishlaridagi korxonalarda birinchi toifali kadrlar deya baholanadi.

Uchrashuvda uyushma rahbariyati tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilgan isloxotlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Xususan, charm-poyabzal sohasining ishlab chiqarish salohiyati, investitsiyaviy muhit, eksport koʼrsatkichlari haqida axborot berildi. Xorijiy sarmoyadorlarga berilgan imtiyoz va preferentsiyalar tizimi tushintirildi.

 Muloqotda koreyalik mehmonlar bugungi kunda Oʼzbekistonda aynan IT, sanoat texnologiyalari tez surʼatlarda rivojlanib borayotganini, shu sabab Osiyoning eng yirik iqtisodiga ega davlat investorlari mamlakatimizga oshiqayotganini takidlashdi.

 Muloqot chogʼida, “Beomhan engineering” kompaniyasi vakillari mamlakatimizda charmsanoat korxonalarida tozalash inshoatlarini modernizatsiya qilish hamda Koreya texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan oʼz takliflarini bildirdi. Shuningdek, bu yoʼnalishda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bildirildi. Mazkur loyiha, ekologiya va suv resurslaridan oqilona foydalanishni koʼzda tutadi. Bu esa oʼz navbatida charm-poyabzal korxonalari uchun muhim sanaladi.

“Pukyong” milliy universiteti tomonidan esa kadrlar malkasini oshirish, qoʼshma taʼlim dasturlari asosida sanoat korxonalari uchun malakali mutaxasisslar yetkazib berish boʼyicha alohida yoʼl xaritasini ishlab chiqish yuzasidan tashabbuslar bildirildi.

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati bildirilgan taklif va tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Mazkur loyihalarni samarali xayotga joriy qilish boʼyicha oldindagi vazifalarning amaliy va tashkiliy jihatlari muhokama qilib olindi. Xususan, joriy yilning 27-29 mart kunlari Janubiy Koreyada boʼlib oʼtadigan xalqaro koʼrgazma doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda “Pukyong” milliy universiteti oʼrtasida hamkorlik memarandumi imzolanadi.

Ushbu xujjat bilan Uyushmaga aʼzo korxonalarning mutaxassislari Koreyada oʼz malakalarini oshiradi. Ular ekologiya, sanoat texnologiyalari, dizayn, marketing yoʼnalishlarida oʼz bilimlarini oshiradi.

 

Uzcharmsanoat