Ishlab chiqarishda yashil energiya

28.02.2023

Ishlab chiqarishda yashil energiya

Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslarni oqilona sarflash va energiya manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish, kelajak avlod uchun barqaror xayotni kafolatlaydi. Tabiiy resurs manbalari chegaralanganligini xisobga olsak, bugun qayta tiklanuvchi energiya resusrlaridan unumli foydalanish yanadan maqbul yechim sanaladi.

O‘zbekiston Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan bugun katta-katta sanoat korxonalari energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga o‘tmoqda. 300 kuni qo‘yoshli bo‘lgan mamlakatimizda quyosh panellari eng maqbul yechimdir. Ushbu manbalardan charm-poyabzal sanoati korxonalari ham foydalanishni boshladi.

Xususan, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi Andijon viloyati Baliqchi tumanida joylashgan “Magna sport” MCHJ 5 KVt soat kuchlanishdagi quyosh panellarini o‘rnatdi. Korxona ushbu quyosh panellari uchun o‘z xisobidan 60 mln.so‘m mablag‘ sarfladi. Bugun mamlakatimizda alternativ energiya manbalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Uyushma tarkibidagi korxona ushbu quyosh panellarini o‘rnatish bilan yoqilg‘i-energiyaga bo‘lgan talabini quyosh panelari evaziga qoplaydi. Shuningdek, foydalanilgan energiya uchun to‘lanadigan mablag‘lar o‘z xisobida qoladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlikni ham olib keladi. Shuningdek, korxonada energiya taqchilligi kuzatilmaydi. O‘zbekistondagi barcha charm-poyabzal korxonalari bosqichma-bosqich quyosh panellariga o‘tishi bilan ishlab chiqarishda uzilishlar to‘liq barham topadi. Bu o‘z navbatida sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini barqaror ushlab turishga xizmat qiladi.

Uzcharmsanoat