Misr investorlari bilan 15 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

20.02.2023

Misr investorlari bilan 15 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20-21 fevral kunlari Misr Arab Respublikasiga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi oldidan. O‘zbekiston-Misr biznes forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati ham ishtirok etib, mazkur mamlakatning charm-poyabzal kompaniyalari va investorlar bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.

Tashrif davomida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda Misrning “Al-Rowad” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda so‘ngi yillarda yurtimiz charmsanoatining ishlab chiqarish salohiyati, investitsion muhit, eksport imkoniyatlar, xom ashyo bazasi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek sohaga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan bojxona, soliq imtiyozlar, transport-logistika yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Maʼlumot ornida Al-Rowad kompaniyasi 1920 yilda Misrning Qohira shahrida tashkil yetilgan. 95 yildan koproq vaqt va tort avlod davomida korxona bufalo terisidan sifatli charm mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Kompaniya yuqori sifat, ishonchli mahsulot va innovatsiyalarni taklif etadi. Kompaniyaning yillik sotuv hajmi – 4 mln dollarni tashkil etadi.

Qayd etish kerak, bugungi kunga kelib, terini qayta ishlaydigan davlatlar qatorida ikki davlat teng mavqega egadir. Misr Arab Respublikasining charm mahsulotlari hajmining 80 foizini butun dunyoga, jumladan, Italiyaga, Ispaniya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Vyetnam boshqa bir qator davlatlarga eksport qilib keladi.

 Misr Arab Respublikasining “BN Shaker” kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokarlarda esa ikki davlat sarmoyalari ishtirokida mavsumiy poyabzallar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalasi muhokama etildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Afrika davlatlari bozoriga eksport qilish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi.

 

Erishiladigan har bir kelishuv ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq taʼminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi va xorijiy hamkorlar bilan barcha choralar ko‘rib boriladi.

Misrda bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasidagi muloqotlar, B2B muloqotlarda mamlakitimizda charm mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha jami 15 mln. dollarlik 2 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ushbu loyihalarni o‘z vaqtida boshlash maqsadida “Al-Rowad” (10 mln. doll.) va “BN Shaker” (5 mln. doll.) kompaniyalari bilan o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolashga erishildi.

Shuningdek,bugungi kunda, “Al-Rowad”, “ARC Shoes”, “Piel Color”, “Zanoon Tannery”, “Naser Hussien Tannery” va “Hawk Tannery” kompaniyalariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan jami qiymati 3,2 mln. dollarlik charm mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Afirka davlatlari orasida eng yirik savdo bozori hamda savdo-iqtisodiy ko‘prik vazifasini o‘tovchi Misr O‘zbekiston bilan aynan charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmog‘ida manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga katta qiziqish bildirmoqda. 

 

Uzcharmsanoat