EUROSHOES-2022: SIFAT VA NARX UYG‘UNLIGIGA EGA MILLIY MAHSULOTLARIMIZ TEZ FURSATDA ROSSIYA BOZORIDAN JOY OLISHI TAKIDLANMOQDA

30.08.2022

EUROSHOES-2022: SIFAT VA NARX UYG‘UNLIGIGA EGA MILLIY MAHSULOTLARIMIZ TEZ FURSATDA ROSSIYA BOZORIDAN JOY OLISHI TAKIDLANMOQDA

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Euro Shoes Premiere Collection 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Charm-poyabzal sanoati uchun qulay biznes maydoni sanalagan ushbu ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 20 ga yaqin korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendida 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar naʼmunalarini ko‘rgazma ishtirokchilariga taqdim etmoqda.

Poyabzal biznesi vakillari uchun yiliga ikki marta tashkil etiladigan sanoat tadbirining ahamiyati shundaki mazkur ko‘rgazmada MDHning yirik riteylerlari va ulgurji savdo vakillari ishtirok etishidir. Shuningdek xalqaro investitsiyalarni jalb etish, sohadagi so‘ngi tendensilar bilan tanishish, kelgusi mavsum uchun yirik hajmdagi buyurtmalar qabul qilishda aynan ushbu xalqaro anjumanning o‘rni kattadir. 


“Euro Shoes Premiere Collection 2022” xalqaro ko‘rgazmasining dastlabki kunida mahalliy korxonalarimiz Rossiyaning “Moskva” ulgurji savdo kompleksi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muloqotda mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlari, charm-attorlik buyumlarini eksport qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Qayd etish kerak, 260 ming metr kvadrat maydonni egallagan savdo kompleksida 50 ta yo‘nalish bo‘yicha 6500 ta savdo do‘konlari, omborxonalar, ko‘rgazma markazi, shou rumlar joy olgan. Ushbu markazdan yiliga 65 ming ulgurji savdo vakillari mahsulotlarni xarid qiladi.

Muloqotda savdo kompleksi vakillari xususan Samarqand viloyatida joylashgan “Grand Fayz Baraka” MCHJning mavsumiy va sport poyabzallari, shuningdek, mahalliy korxonalarimizning charm sumkalariga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, ularni sifati va narxining uyg‘unligi milliy mahsulotlarimizning Rossiya bozoridan tez fursatda joy olishi takidlandi. Joryi yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “UzCharmExpo-2022” xalqaro ko‘rgazmasida Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni batafsil muhokama qilib olishga kelishib olindi.

Shuningdek, Rossiyaning “Analpa” kompaniyasi vakili bilan ham muloqot o‘tkazildi. Mazkur kompaniya tarkibida “KEDDO”, “BETSY”, “CROSBY”, “GRUNBERG” brendlari bo‘lib, dunyo bozori uchun har yili yangi kolleksiyalarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Rossiyaning eng yirik kompaniyalaridan biri sanalgan “Analpa” O‘zbekistondan poyabzal mahsulotlari uchun xom ashyo, tayyor charmni xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Muloqotda “Hamkor Nur Savdo”, “Angren Charm”, “Peng Sheng”b “Asl Charm”kabi tayyor charm ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarninig naʼmunlari taqdim etildi. Kompaniya naʼmunlarni texnik ko‘rikdan o‘zkazgandan so‘ng O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolashini maʼlum qildi. Oktabr oyidagi ko‘rgazmada “Analpa” kompaniyasi ham ishtirok etib, hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

“Euro Shoes Premiere Collection 2022” xalqaro ko‘rgazmasi 2 sentabrga qadar davom etadi.

Uzcharmsanoat