TA’LIM KLASTERI KADRLАR TAYYORLASHNING SAMARАLI TIZIMI

23.12.2022

TA’LIM KLASTERI KADRLАR TAYYORLASHNING SAMARАLI TIZIMI

“O`zcharmsanoat” uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasida “Professionalitet” dasturi asosida tashkil etilgan Sankt-Peterburg shahridagi taʼlim klasteriga tashrif buyurishdi. Mazkur taʼlim klasteri Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʼlib, charm-poyabzal va mo`ynachilik sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug`ullanadi.

2022 yilda tashkil etilgan mazkur ta’lim klasteri 1.5 mln.AQSH dollari evaziga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda kreativ g`oyalarga asoslangan charm-poyabzal mahsulotlarining dastlabki na’munalari ishlab chiqariladi. Mazkur ta’lim klasterida poybazalning 3D maketini yaratishdan tortib, uni xayotga joriy qilish, konsturksiyalash, kompyuter grafikasi yordamida dizayn yaratish, biomexanik xarakatlanish kabi yo`nalishlarda talabalarga bilim beriladi. Amaliyot o`tkaziladi.

Ayni vaqtda Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti talabalari shu yerda o`z bilim va mahoratlarini oshirmoqda. Yangi dizaynlarni ta’lim klasterida xayotga joriy qilmoqda.

Uyushma vakillariga ta’lim jarayonlari, amaliy mashg`ulotlar, skaner orqali ortopedik poyabzallarni yaratish texnologiyasi to`g`risida atroflicha ma’lumot taqdim etildi. Pedogoglar jamoasi bilan o`zaro tajriba almashildi. Endilikda O`zbekistonlik talabalar “O`zcharmsanoat” uyushmasi hamda Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti o`rtasida imzolangan hamkorlik to`g`risidagi memarandum asosida aynan mazkur ta’lim klasterida bilim olishlari va bu sohadagi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan xolda poyabzal dizaynlarini ishlab chiqish imkoniga ega bo`ldilar.

Tashrif davomida qo`shma ta’lim dasturlari asosida o`qituvchi va talabalar almashinuvini yo`lga qo`ygan xolda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha kelishuvga erishildi.

Uzcharmsanoat