SAMARQANDDA O`ZBEKISTON-ROSSIYA BIZNES-FORUMI BO`LIB O`TMOQDA

01.12.2022

SAMARQANDDA O`ZBEKISTON-ROSSIYA BIZNES-FORUMI BO`LIB O`TMOQDA

2022-yil 1-2 dekabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo`lib o`tmoqda. Unda vazirlik va idoralar, viloyatlar, tarmoq birlashmalari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining 500 dan ortiq yetakchi kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning rasmiy tadbirida O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi ijobiy dinamikada o`sayotgani taʼkidlandi. Oxirgi besh yil ichida ikki mamlakat o`rtasidaga savdo aylanmasi 170 foizga, 2021 yilga nisbatan uchdan bir qismga o`sib, 7,5 milliard dollarni tashkil etgan. O`zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Tomonlar keyingi yillarda sarmoyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi faollashganini yuqori baholadi. O`zbekistonda so`nggi 5 yilda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 3 barobardan oshdi. Bugungi kunda 3000 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari Rossiya sarmoyasi asosida ish olib bormoqda. Ayni vaqtda O`zbekistonda Rossiya kompaniyalari bilan umumiy qiymati 20 milliard dollardan ortiq bo`lgan ikki yuzga yaqin qo`shma loyiha amalga oshirilmoqda.

Ikki mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo`nalishlaridan foydalanib hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish zarurligi takidlandi. Birgina charm-poyabzal sanoatini oladigan bo‘lsak, 2022-2024-yillarda umumiy qiymati 11 million dollarlik investisiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 8 million dollari to`gʻridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalardir.

Tadbir doirasida “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan” mavzusidagi ko`rgazma ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizning butun sanoat tarmoqlarining yutuqlari namoyish etildi. “O`zcharmsanoat” uyushmasi ko`rgazmada charm-poyabzal mahsulotlarining eng yaxshi na`munalarini namoyish etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdan Rossiya bozoriga yiliga 1,4 million juft poyabzal va 1,2 million juft yarim tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Bu ko`rsatkich yildan-yilga jadal o`sib bormoqda. Shu yilning o`zida Rossiyaga eksport 82,5 million dollarga yetgan. 2021 yilda bu ko`rsatkich 51,2 million dollarni tashkil etgan. 2023-yil eksport hajmi 135 million dollardan oshishi kutilmoqda. Rossiyaning “Bars”, “Parij kommunasi”, “Egida”, “Yahting”, “Kotofey”, “Zenden” va boshqa kompaniyalari tomonidan O`zbekiston korxonalariga autsorsing, franchayzing va chakana savdo buyurtmalari berilgan.

Forum doirasida Tatariston Respublikasi sanoat klasteri, “ПЭК” transport kompaniyasi, “Lira” AJ va “ZENDEN Group” xoldingi vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Biznes-forum mutaxassislar muloqoti uchun samarali maydonga aylandi. Bu yerda O‘zbekiston va Rossiyaning qator tarmoqlari salohiyati keng ochib berildi. Istiqbolli sarmoyaviy loyihalar taqdim etildi. Tadbir dasturi doirasida bir necha panel sessiyalari ham o‘tkazildi. Shuningdek, forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o`rtasida uchrashuvlar boʻlib o`tdi. Ularda qo`shma loyihalarni amalga oshirish va o`zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uzcharmsanoat