MARKAZIY OSIYONING CHARM-POYABZAL SANOTIDAGI ENG YIRIK IVENT YAKUNIGA YETDI

14.10.2022

MARKAZIY OSIYONING CHARM-POYABZAL SANOTIDAGI ENG YIRIK IVENT YAKUNIGA YETDI

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” MKM 2022 yil 12-14 oktyabr kunlari Markaziy Osiyoning charm-poyabzal va mo‘ynachilik sanoatidagi eng yirik anjumani “UzCharmExpo-2022” 13-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasiga mezbonlik qildi.

Ko‘rgazma tashkil etilgan 1605 metr kv maydon 450 ta mahalliy korxonalar, 20 ta davlatning 70 ga yaqin kompaniya va brendlari, 5000 turdagi mahsulotlar naʼmunalari, mahalliy va xorijiy maʼruzachilarning  10 ga yaqin taqdimotlari, B2B va B2G muzokararalarini birlashtirdi. Uni 10 000 ga yaqin tashrif buyuruvchi bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.


“Hamkorlarimiz va korxonalarimiz haqida qayg‘urish. Biznes uchun qulay shorit va maydon yaratish. O‘zbekiston bilan aloqlaringiz rivojida bosh hamkorga aylanish bizning asosiy maqsadimiz.” tamoil asosidagi uch kunlik ko‘rgazma-yarmarka samarali muloqot va muzokaralarga boy bo‘ldi.

Ko‘rgazma-yarmarkaning tantanali yopilish marosimida mahalliy va xorijiy kompaniyalar, yosh dizaynerlar, oliy taʼlim muassasalari turli naminatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Diplomlar Uyushmar rahbariyati tomonidan tantanali tarzda ishtirokchilarga taqdim etildi.

Kelgusi mavsum bahorda  yangi formatda bo‘lib o‘tadigan “UzCharmExpo-2023” xalqaro ko‘rgazmasida kutib qolamiz.

Uzcharmsanoat