Eskportni rag‘batlantirish agentligi

Eskportni rag‘batlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi PP-4069-sonli "Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori bilan tuzilgan, uning asosiy vazifalari eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko‘maklashish, shuningdek eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Eksportni rag‘batlantirish agentligi- noxomashyo eksportini qo‘llab-quvvatlovchi davlat instituti, u o‘zbek eksport qiluvchilariga jahon bozorida mahalliy mahsulotni raqobatbardoshliligini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mavjud bo‘lgan eksport to‘siqlarini yechish uchun eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy va nomoliyaviy choralarning keng ko‘lamini taqdim etadi.  Hozirgi paytda Agentlik "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" brendini olg‘a surish bo‘yicha «Made in Uzbekistan», "O‘zbekiston elektron savdosining milliy tizimi" kabi loyihalarini realizatsiya qilmoqda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi eksportini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda.

Agetlikning funksiyasiga eksport faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlarning to‘liq spektri kiradi, aynan:

• Eksport qiluvchilarni axborotli va maslahatli qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish va istiqbolli savdo bozorlarini aniqlash uchun chuqur marketingli tahlillarni o‘tkazish;

• Mahalliy eksport qiluvchilar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish bilan elektron tashqi savdo maydonchasiga ko‘maklashish va ularni elektron savdoning yetakchi xalqaro maydonlariga chiqishida yordam berish;

• Eksport qiluvchilar, tashqi savdo faoliyati masalalari bo‘yicha chet mamlakatlariga savdo missiyalarining tadbirkorlari uchun o‘quv seminarlari va treninglarini tashkil etish va o‘tkazish;

• O‘zbek brendlari va tovarlarini chet elda olg‘a surish bo‘yicha «Made in Uzbekistan» dasturini, shu jumladan «Made in Uzbekistan» nomli milliy ko‘rgazmasini, tovarlarning tarmoqli va hududiy ko‘rgazmalari va yarmarkalarini har yili o‘tkazish orqali, shuningdek mahalliy tadbirkorlarni xalqaro ko‘rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etishi orqali realizatsiya qilish;

• Eksport shartnomalari va bitimlari loyihalarini tayyorlash bilan birga eksport shartnomasini bitish davrigacha chet el xaridorini izlashga va muzokara jarayonini kuzatib borishga ko‘maklashish;

• Ekport qiluvchi-korxonalarga standartlash va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli va axborot ko‘makni ko‘rsatish;

• Yetkazib berishning yana-da samarali usullarini kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar transportirovkasini qisman subsidiyalash.

 

 

Agentlik veb-saytiga o`tish Экспортни рағбатлантириш агентлиги (epauzb.uz)

Uzcharmsanoat