Davlat boshqaruvida nazorat, aniqlik va mas'uliyat yangi bosqichga chiqmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan
“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon
doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda ijro intizomini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, hujjatga muvofiq:
loyihalarning hududlarda samarali amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida maxsus ishchi guruhlar faoliyat yuritadi;
topshiriqlarni bajarishda aniq va real oraliq muddatlar belgilanadi;
ijro intizomini nazorat qilishga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi;
Prezident farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish yuzasidan idoralararo yagona elektron nazorat tizimi ishga tushiriladi.
Ushbu yangiliklar “O‘zcharmsanoat” tizimida ham ish samaradorligini oshirish, mas’uliyatni kuchaytirish va ichki nazoratni zamonaviy asosda yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Tadbir yakunida Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.
Uzcharmsanoat