LWG sertifikatini joriy qilish boshlandi

05.06.2024

LWG sertifikatini joriy qilish boshlandi

Toshkent
“O`zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan jalp etilgan xalqaro ekspertlar guruhi davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 20 mayda qabul qilingan “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qaror ijrosini samarali ta`minlash maqsadida Toshkent sharida joylashgan “Ulkan-Laziz” MCHJga tashrif buyurdi. 
Ekspertlar guruhi korxonada LWG xalqaro sertifikatini joriy qilish bo`yicha mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati bilan muloqot o`tkazdi. LWG tashkiloti talablaridan kelib chiqib ishlarni yo`lga qo`yish masalasida fikr almashildi. LWG sertifikatini joriy qilishda xalqaro ekspertlar korxonaga texnik ko`mak ko`rsatadigan bo`ldi. Shuningdek, mahsulot sifatini Yevropa standartlariga moslashtirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonlarida amaliy yordam berib boriladi.

Uzcharmsanoat