"O‘zcharmsanoat" uyushmasi tomonidan terini qayta ishlash korxonalarida LWG xalqaro sertifikatini faol joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

19.06.2024

"O‘zcharmsanoat" uyushmasi tomonidan terini qayta ishlash korxonalarida LWG xalqaro sertifikatini faol joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarorida 2024-2025 yillarda 10 ta mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish korxonasida xalqaro sifat sertifikatlari xususan «LWG» xalqaro tashkilotining sifat sertifikatini joriy qilish belgilangan. Ayni vaqtda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan xalqaro ekspertlar jalb qilinib, respublikadagi yirik korxonalarda tashkilotning audit oldi sinov ishlari o`tkazilmoqda. Hindistonlik ekspertlar guruhi Sirdaryo viloyatida joylashgan “Peng-Sheng Charm” xorijiy korxonasiga tashrif buyurib LWG tashkiloti talablaridan kelib chiqib suv tozalash inshoatlari, atrof-muhit muhofazasi va ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdi.  Tashkilotning audit oldi sinovlarida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini Yevropa standartlariga moslashtirish yuzasidan tavfsiyalar berildi.

Uzcharmsanoat