Qozog`iston Respublikasining poytaxti Ostona shahrida o`z ishini boshlagan “Kiosh-2024” xalqaro ko`rgazmasida “O`zcharmsanoat” uyushmasi hamda unga a`zo 20ga yaqin korxonalardan iborat delegatsiya jamoaviy stend bilan ishtirok etmoqda. Ekspozitsiyadan mahalliy korxonalarimizning 50 dan ortiq turdagi maxsus poyabzal, ishchi kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari joy egallagan.
Ko`rgazmaning dastlabki kunida O`zbekiston korxonalari xorijiy hamkorlar bilan manfaatli muloqotlarga kirishib, o`zaro hamkorlik istiqbollarini ko`rib chiqishdi. Shuningdek, yangi eksport va investitsiya shartnomalarini imzolash bo`yicha muzokaralar o`tkazildi.
Jumladan, "Go'zal Biznes Plyus" (Аpollo) MCHJ va Qozog`istonning “Talan” MJCH o`rtasida bo`lib o`tgan muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik va qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama etildi. Shuningdek, tayyor maxsus poyabzal mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Mahalliy korxonamiz Qozog`iston kompaniyasiga na`munalarni yuboradigan bo`ldi.
"Технолюкс" MCHJ va “Казлегпром” kompaniyalarining muzokarlarida O`zbekistondan qo`shni davlat sanoat tarmoqlari uchun poyabzallar yetkazib berish bo`yicha kelishuvga erishildi. Eksport shartnomasining dastlabki qiymati 300 ming dollar deya baholanmoqda.
Uzcharmsanoat