Poytaxtimizdagi “Oʼzekspomarkaz” MKMda “UzCharmExpo-2024 Leather Goods” charm, poyabzal, attorlik, qorakoʼl, moʼyna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar 16-Xalqaro koʼrgazma-yarmarkasi o`z ishini boshladi. Savdo-sanoat palatasi, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi, Xalq banki mazkur nufuzli forum tashkilotchilaridir.
“UzCharmExpo-2024 Leather Goods” bu koʼp yillik tajriba va muvafaqqiyatli biznesning yutuqlari jamlangan manzildir. Mazkur koʼrgazma oʼzaro manfaatli hamorlikni yoʼlga qoʼyish, ikki tomonlama aloqalarni oʼrnatish, ishbilarmonlik portfelini yangi biznes loyihalar bilan boyitish hamda kooperatsiya aloqalarini oʼrnatishda, xalqaro taniqli brendlarni jalb qilish, soha eksportini yanada oshirishda samarali maydon sanaladi.
“Oʼzekspomarkaz” MKM pavilionlarida Xitoy, Italiya, Turkiya, Eron, Rossiya, Belorus, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari tomonidan charm-poyabzal sanoati uchun innovatsion texnologik yechimlarni taklif etiladi.
“UzCharmExpo-2024 Leather Goods” Markaziy Osiyodagi charm-poyabzal va moʼyna sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan koʼrgazmasidir. 16-xalqaro koʼrgazmada 100 ga yaqin mahalliy va 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning tashkilotlari va kompaniyalari oʼz mahsulot naʼmunalari bilan ishtirok etishmoqda.
“UzCharmExpo-2024 Leather Goods” koʼrgazmasi nafaqat kompaniyalarning salohiyati, mahsulot assortimenti va sohadagi innovatsiyalar bilan tanishish imkoniyati, balki, B2B va G2B, G2G muzokaralari uchun samarali platformadir. Koʼrgazma doirasda biznes-muloqotlar va taqdimotlar oʼtkazilmoqda.
Uzcharmsanoat