“O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Dog`istonda

18.05.2024

“O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Dog`istonda

 O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo-iqtisodiy, invesitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, oliy darajadagi muzokarlarda erishilgan kelishuvlarni samarali hayotga tadbiq etish maqsadida “O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi RFning qator hududlarida bo`lib samarli muloqot va muzokaralarga kirishgan.

Xususan, “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari Akbar Sultonov Dog`iston Respublikasida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalari va savdo kompaniyalari bilan muzokalar o`tkazdi. Jumladan, Dog`iston savdo-sanoat palatasida bo`lib o`tgan uchrashuvda mamlakatimiz korxonalari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish bo`yicha fikr almashildi. Muloqolatda ikki mamlakat biznesmenlaridan iborat ishbilarmonlik missiyalarni amalga oshirishga kelishib oldindi.
Dog`istonning “SERG” kompaniyasi esa poyabzal mahsulotlarini O`zbekistonda ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda. Kompaniya rahbariyati bilan bo`lib o`tgan muzokalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari muhokama etildi. Shuningdek, “Autsorsing” asosida ishlash bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Shu maqsadda Dog`iston kompaniyasi Toshkentda bo`lib o`tadigan ko`rgazmaga tashrif buyurib mahalliy korxonalarimiz bilan muzokalar o`tkazadi. 
 Dog`istonning “FERZ” kompaniyasi esa erkaklar poyabzallarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Kompaniya O`zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirmoqda. Muloqotlarda hamkorlikni yo`lga qo`yish, ishlab chiqarishning bir qismini mamlakatimizga ko`chirish bo`yicha takliflar bildirildi. Muloqotlar shu oyning oxirida Toshkentda bo`lib o`tadigan ko`rgazma doirasida davom etirilishga kelishib olindi.

Uzcharmsanoat