Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida bo`lib o`tayotgan “Rossiya-Islom olami KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida “O`zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi charm sanoati sohasida yangi hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish va eksport hajmini oshirish bo`yicha manfaatli natijalarga erishmoqda.
Xususan, forum doirasida uyushma delegatsiyasi Turkiyaning “Dream House Caravan” kompaniyasi bilan bolalar sumklari eksporti bo`yicha muloqot o`tkazdi. Uchrashuvda mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan charm-attorlik buyumlariga qiziqish yuqoriligi, jumladan o`quvchilar uchun mo`ljallangan maktab sumkalariga talab borligi ma`lum qilindi. Shu maqsadda Turkiya kompaniyasi O`zbekistondan bu turdagi mahusulotlarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Rossiyaning Chuvash Respublikasining “AgroPromTex” texno parki bilan muzokalarda esa qoramol terisini qayta ishlash bo`yicha hamkorlik aloqalarining istiqbollari ko`rib chiqildi. Rossiya kompaniyasi O`zbekiston tajribasidan foydalangan xolda qayta ishlash korxonasini barpo etishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, tayyor charm mahsulotlarini uchinchi davlatlarga birgalikda eksport qilishnining shartlari muhokama etildi. Ushbu hamkorlik bo`yicha muloqotlarning ikkinchi raundi Toshkentda bo`lib o`tadigan bo`ldi.
“Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda RFning Batirevskiy shahar okrugi ma'muriyati o`rtasida teri hom ashyosinin qayta ishlash bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv Batirevskiy tumanida teri xomashyosini qayta ishlash bo'yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda qo'shma ishlarni ko'zda tutadi. Loyihalar Batirevskiy sanoat parkida terini qayta ishlash sohasini rivojlantirishga qaratiladi.
Uzcharmsanoat