“O`zcharmsanoat” uyushmasida Qirg`iz Respublikasining agrar, tekstil, oziq-ovqat sanoati kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Muloqot mavzusi Qirg`iz kompaniyalari kapitali asosida charmsanoat sohasida qo`shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, teri xom-ashyosining import-eksport masalalari bo`ldi.
Dastlab, qo`shni davlat kompaniyalariga mamlakatimiz charm sanoati sohasida so`ngi yillarda erishilgan yutuqlar taqdim etildi. Shuningdek, tarmoqning ishlab chiqarish, investitsiya, eksport ko`rsatkichlari to`g`risida ma`lumot berildi. Xorijiy brendlar bilan yo`lga q`o`yilgan hamkorlik aloqari haqida so`z yuritildi.
O`z navbatida Qirg`iz tomoni O`zbekistonning so`ngi 7 yilda charmsanoat sohasida erishgan yutuqlarini e`tirof etib, ortirilgan tajribalardan foydalangan xolda qo`shma loyihalarni amalaga oshirishni maqsad qilishganini qayd etishdi. Qo`shni davlat kompaniyalari Toshkent viloyatidagi “Hamkor Nur Savdo”, “Angren Charn Invest” kabi mahalliy korxonalarimizda bo`lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Muzokaralarda Qirg`iz kompaniyalari kapitali asosida tayyor charm va poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalasi ko`rib chiqildi. Hamkorlikni ikki yo`nalishda olib borish bo`yicha fikr almashildi.
Birinchi yo`nalish Qirg`iz Respublikasi korxonalarining mablag`lari evaziga mamlakatimizda yangi invest loyihani amalga oshirib, tayyor mahsulotlarni MDH va YeI bozoriga olib chiqishga qaratilgan.
Ikkinchi yo`nalishda mamlakatimizdagi tayyor charm mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda Qirg`izistonda terini qayta ishlab tayyor mahsulot olishga qaratilgan yangi qo`shma loyiha amalga oshirish reja qilingan. Boisi, bugun Qirg`iz Respublikasidagi teri xom-ashyosining katta qismi qayta ishlashga yo`naltirilmaydi.
Ucharshuv yakunida hamkorlikni boshlash va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat korxonalari o`rtasida biznes-turlar va muzokalarni o`tkazishga, kelishuvlar yakuni bo`icha ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.
Uzcharmsanoat