Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi taklifiga binoan Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Minsk shaxrida bo‘ldii. Tashrif davomida 5-7 sentyabr kunlari Minskda shahrida Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes forumi tashkil etildi.
Forumning alohida boʻlimi yengil sanoatga bagʻishlandi. Mazkur anjumanda ikki malakat charm-poyabzal sanoati vakillari o`zaro aloqalrni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Minsk charm ishlab chiqarish birlashmasiga tashrif chog‘ida yarim tayyor charm mahsulotlarni (vet-blue) mazkur mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Tayyor va yarim tayyor charm O‘zbekistonga olib kelinib, undan bolalar poyabzali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu kelishuvga zavod rahbariyati va O‘zbekistonning “Charog`on invest” kompaniyasi erishdi.
Shuningdek, forum doirasida “Marko” konserni bilan Qarshi shahrida mo‘yna mahulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Investitsiya hajmi 2,5 million dollarni tashkil etadi.
Tashrif doirasida “Bellegprom” kompaniyasi bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Belarus-Oʻzbekiston ayollar biznes forumi doirasida yalpi majlis bo`lib o`tdi. Unda ishtirokchilar O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati salohiyati bilan tanishtirilib, taqdimot o`tkazildi. Shuningdek, forum doirasida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy ko‘rgazmasi o‘tkazilib, unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning poyabzallari ham o‘rn egalladi.
Belarus-Oʻzbekiston ayollar biznes forumi yakunida maxsus deklaratsiya qabul qilindi. Ushbu xujjat forum doirasida tuzilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning asosini tashkil etadi.
Uzcharmsanoat