AMERIKA-O'ZBEKISTON SAVDO PALATASI O'ZBEKISTONLIK YANGI HAMKORLARNI MAMLAKATIMIZ CHARM SANOATIGA JALB ETADI.

08.09.2023

AMERIKA-O'ZBEKISTON SAVDO PALATASI O'ZBEKISTONLIK YANGI HAMKORLARNI MAMLAKATIMIZ CHARM SANOATIGA JALB ETADI.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Yelena Soy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Amerika-O‘zbekiston Savdo Palatasi (AUCC) 1993-yilda tashkil etilgan. Savdo palatasi Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida savdo va madaniy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shug`ullanadi. Tashkilotda "Coca Cola Uzbekistan", "John Deere" va "GM Uzbekistan" kabi 50 dan ortiq yirik oʻzbek-amerika loyihalari mavjud. Savdo kengashi O'zbekistonga sarmoya kiritish maqsadida bo`lgan investorlar uchun konferensiyalar? investorlar va O'zbekiston rasmiylari o'rtasida uchrashuvlar tashkil qiladi. 1997 yildan beri AUCC savdo, investitsiyalar salohiyatni oshirish va sanoat imkoniyatlariga bag'ishlangan bir qator yillik konferentsiyalarni tashkil qilgan.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikda AQSH charm-poyabzal korxonalari bilan aloqa o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Buning uchun AUCC O‘zbekiston charmsanoati va mahalliy korxonalar haqida batafsil ma’lumot so‘ragan.

Mazkur aloqalrning o`rnatilishi AQSh poyabzal va charmsanoatining yirik namayondolari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishda muhim bo'g'inga aylanishi mumkin. Shu maqsadlarda Amerika bozorining talabi va O‘zbekiston bozorining taklifi, soha imkoniyatlari o‘rganiladi, salohiyatli hamkorlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha AUCC ham oʻz tavsiyalarini berdi. Amerika kompaniyalarini "UzCharmExpo-Eurasia-2023" xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishga jalb qilish boʻyicha amaliy yordamini taklif qildi.

Uzcharmsanoat