“ASSOCALZATURIFICI”  OʻZBEKISTONGA  ITALIYA BRENDLARI  JALB  ETILISHIDA  YORDAM  BERADI

23.09.2023

“ASSOCALZATURIFICI” OʻZBEKISTONGA ITALIYA BRENDLARI JALB ETILISHIDA YORDAM BERADI

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Italiyaga amaliy tashrifi doirasida “Assocalzaturifici” uyushmasining global savdo va biznes departamenti rahbari Mateo Skarparo bilan uchrashdi.

“Assocalzaturifici” – Italiyadagi sanoat usulida poyabzal ishlab chiqaruvchilarning milliy uyusmasi hisoblanadi. Uning tarkibida taniqli brendlarga egalik qiluvchi kompaniyalarning 500 ga yaqini jamlangan. Xodimlar miqdori 72 ming atrofida boʻlib, mahsulotlarning 85 foizi chet mamlakatlarga eksport qilinadi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston tomoni respublikamizning charm-poyabzal sanoati, uning rivojlanish istiqbollari, biznes vakillari uchun yaratilgan sharoitlarga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar poyabzal sanoati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, “Assocalzaturifici” Italiya poyabzal brendlari bilan biznes aloqalarini o‘rnatishda O‘zbekiston korxonalariga koʻmaklashishiga kelishib olindi.

Uzcharmsanoat