YANA BESHTA CHARM-POYABZAL KORXONASI “LWG” SERTIFIKATINI OLADI.

22.09.2023

YANA BESHTA CHARM-POYABZAL KORXONASI “LWG” SERTIFIKATINI OLADI.

 Leather Working Group -butun dunyo bo'ylab tan olinganligi va yuqori sifat belgisidir. Ushbu xalqaro standartga erishgan charm kompaniyalar dunyoning istalgan bozorida ishonchli sheriklar topa oladi. O‘zbekistondagi charm-poyabzal korxonalari ushbu sertifikatni olish bo‘yicha ishlarni o‘tgan yili boshlagan. Qoraqalpog‘istonda joylashgan “Orient Technology” sanoat klasteri birinchi bo‘lib muvaffaqiyatga erishdi.

Italiyaning Milan shahrida boʼlib oʼtayotgan xalqaro koʼrgazmalar doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev “Leather Working Group”ning Yevropa mintaqaviy byurosining yillik yigʼilishida ishtirok etdi. Unda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan yil davomida korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish siklining toʼliqligini taʼminlash, markirovka, yashil texnologiyalarni qoʼllash borasida amalga oshirgan ishlari tinglandi. Milanda boʼlib oʼtgan yilliy yigʼilishda uyushma tomonidan amalga oshirilgan ishlar tashkilotga aʼzo katta kompaniyalar, xorijiy brendlar tomonidan yuqori baholadi.

Qayd etilganidek, albatta bir yilda tarmoqda yashil texnologiyalarni toʼliq qoʼllash imkoniyati yoʼq. Doimiy texnik koʼmaklar sabab, Oʼzbekiston charmsanoati atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlarga javob bermoqda Shu sabab, yana 5 ta Oʼzbek korxonasi tashkilotning sertifikatini qoʼlga kiritadi. Tashkilot sertifikatini olgan barcha korxonalarning ish foaliyati doimiy kuzatib boriladi. Zarur xollarda texnik masalahatlar koʼrsatiladi.

 

Uzcharmsanoat