O'ZBEKISTON-CHARMSANOATIDA-INNOVATSION-HUDUDLAR-TASHKIL-ETILADI-09-20

20.09.2023

O'ZBEKISTON-CHARMSANOATIDA-INNOVATSION-HUDUDLAR-TASHKIL-ETILADI-09-20

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida АQShda boʼlib turibdi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat oʼrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, АQSh brendlarini mamlakatimizga jalb etish, hamda “Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi charm-poyabzal mahsulotlarimizni ummon orti davlatiga yetkazib berish boʼyicha qator kelishuv va shartnomalar imzolandi

Xususan, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo “KFK” brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi Аndijon viloyatida joylashgan “Classica shoes International” korxonasi АQShning “YNK” kompaniyasi bilan mazkur mamlakatga maktab poyabzallarini yetkazib berish boʼyicha shartnomani imzoladi.Maʼlumot uchun: “YNK” kompaniyasi АQSh maktablari uchun birinchi sinfdan to 12 sinfgacha boʼlgan yoshdagi bolalar uchun maktab formalari hamda poyabzallarni yetkazib berish bilan shugʼullanadi. Kompaniyaning missiyasi oʼquvchilarni sifatli va ishonchli boʼlgan kiyim-kechak hamda poyabzallar bilan taʼminlashdir. Kompaniya 100% paxta va tabiiy charmdan tayyorlangan kiyim-kechak va poyabzallarni xarid qilishi bilan АQSh maktablarining ishonchini oqlagan. Аynan shu sabab, АQSh maktablari mazkur kompaniyaga yiliga katta hajmda buyurtmalar beradi.

Endilikda “YNK” hamkorlari qatorida Oʼzbekistonning “Classica shoes International” korxonasi ham bor. Yuqori sifat va dizayn hamda ishlab chiqarishdagi xalqaro standartlar АQSh kompaniyasini eʼtiboridan chetda qolmadi. Oʼzbekiston korxonasi mazkur kompaniya bilan 2024 yil uchun dastlab 35 ming juft poyabzal xarid qilish boʼyicha eksport shartnomasini imzoladi. Shartnomaning umumiy hajmi qariyb 500 ming АQSh dollarni tashkil etadi. Bu boshlanish albatta, kelgusida АQSh kompaniyasi Oʼzbekistondan eksport hajmini yanada kengaytiradi.

Demak, 2024 yilning oʼquv yilidan АQSh maktablaridagi oʼquvchilar “Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʼi ostidagi poyabzallarda darslarga qatnashni boshlaydi.

Uzcharmsanoat