INNOPROM 2023: CHARM-POYABZAL KORXONАLARI YANGI SHARTNOMALARNI QOʼLGA KIRITDI

13.07.2023

INNOPROM 2023: CHARM-POYABZAL KORXONАLARI YANGI SHARTNOMALARNI QOʼLGA KIRITDI

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida “Barqaror ishlab chiqarish: yangilanish strategiyalari” mavuzida boʼlib oʼtayotgan “Innoprom 2023” sanoat koʼrgazmasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda unga aʼzo korxonalar delagatsiyasi “Made in Uzbekistan” jamoaviy stend bilan ishtirok etdi. Charm-poyabzal sanoatimiz yutuqlari namoishiga aylangan stendidan 100 dan ortiq turdagi, tayyor charm, poyabzal, charm-attorlik buyumlari, xom ashyo va butlovchi materiallar joy oldi.

 Uyushma delegatsiyasi Rossiyaning turli hududlaridan kelgan kompaniya va ishlab chiqarish korxonalari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, investitsiya, eksport yoʼnalishlarida muzokaralar oʼtkazdi.

 Xususan, sarmoyaviy yoʼnalishda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi “PELLE TEHNOLOGY” MChJ bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi  “Караван-СК”   OАJ ishtirokida tayyor charm ishlab chiqvarish loyihasini ishga tushirish boʼyicha kelishuvga erishib, loyihani samarali amalga oshirish boʼyicha ishlar boshlandi. Mazkur loyihaning dastlabki qiymati 2 mln. dollarni tashkil etadi. 

Eksport masalalari ham koʼrgazma davomida muhokama etilib yangi kelishuvlarga erishildi. Jumladan, “Ulkan-Laziz” korxonasi Rossiyaning Галимова Флера Рахимовна xususiy tadbirkorlik subeʼkti bilan Rossiya Federatsiyasiga maxsus poyabzallarni sotish boʼyicha kelishuvga erishdi. Shartnoma bahosi 200 ming dollarni tashkil etadi.

 Shuningdek, "Ulkan-Laziz" MChJ Hindistonga tayyor charm eksport qilish boʼyicha ham kelishuvni qoʼlga kiritdi. "Richmarks International" LLC bilan imzolangan shartnomaga asosan 500 ming dollarlik tayyor charm mahsulotlari 2023 yilning 4 choragida Hindistonga yetkaziladi. 

 Bundan tashqari mahalliy korxonalarimiz Rossiya, Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

 “ЧАЙКА-Сервис” avtomobilsozlik kompaniyasi, "Rossiyskiy Metalloprokat" korxonalari Oʼzbekistondan mahsus poyabzallar xarid qilishga qiziqish bildirmoqda.  “Интер Актив” kompaniyasi esa Oʼzbekiston bilan sanoat uchun moʼljallangan poyabzallar savdosini kengaytirishda sertifikatlashtirish yoʼnalishida hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi. 

 Yana bir Rossiya kompaniyasi "Ноль экотехнопарк" bilan charm-poyabzal sohasida xosil boʼluvchi chiqindilarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish boʼyicha muzokara oʼtkazildi.

 Xitoy kompanyasi "AWUKO" esa mamlakatimiz charm-poyabzal korxonalarini modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etishini maʼlum qildi. 

Qayd etish kerak, Innoprom bu yangi mijozlar, yetkazib beruvchilar va investorlarni topish yoʼlida katta bir xalqaro platformadir.

Uzcharmsanoat