Made in Uzbekistan yorlig`i ostidagi mahsulotlar Sochida

09.06.2023

Made in Uzbekistan yorlig`i ostidagi mahsulotlar Sochida

Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida 7 ming kv.m maydonda tashkil eitlgan “Evrosiyo-bizning uyimiz” koʼrgazmasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda. Ekspozitsiyadan mamlakatimizning charmsanoati yutuqlari joy egalladi. 200 turdagi mahsulotlar MDH davlatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilarga taqdim etilmoqda. 

 Koʼrgazma doirasida uyushma delegatlari MDH mamlakatlari kompaniyalari va vazirliklari, tashkilot hamda birlashmalari bilan manfaatli muzokarlarni olib bormoqda. Qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport hajmlarini kengaytirish borasida biznes portfellarni yangi shartnomalar bilan boyitmoqda.

 Qayd etish kerak, Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal va moʼyna mahsulotlarining eng yirik bozori bu MDH mamlakatlari sanaladi. Shu bois, Sochida boʼlib oʼtayotgan koʼrgazma bu koʼrsatkichlarni yanada oshirishga xizmat qilishi tabiiy.

Maʼulmot oʼrnida aytish kerak, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi ayni vaqtda MDH davlatlari bilan 21,3 mln. АQSh dollari boʼlgan 7 ta investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Kelgusida yana 4 ta loyihani amlaga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalarning umumiy summasi 12,6 mln. АQSh dollarini tashkil etadi. 

Koʼrgazma davomida Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri, hukumat raisi M.Mishustin Oʼzbekiston stendiga tashrif buyurib, mamlakatimizning ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahsulotlar sifatiga baho berdi. Oʼzbekiston va Rossiya oʼrtasida ikki tomonlama savdo-sotiqni yanada kengaytirish, qoʼshma loyihalarni amlaga oshirish boʼyicha tashabuslar bildirildi.

Uyushma delegatlari shuningdek, Belorusь, Qozogʼiston, Qirgʼiziston davlatlari kompaniyalari va vazirliklari bilan muzokarlar oʼtkazmoqda. 

Mazkur koʼrgazma ikki tomonlama savdoni kengaytirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, eksport hajmlarini oshirishda qulay biznes maydon boʼlib xizmat qimoqda.

Uzcharmsanoat