OʼZBEKISTON VA QOZOGʼISTON: HAMKORLIKDA YANGI LOYIHALAR MUHOKАMASI

02.06.2023

OʼZBEKISTON VA QOZOGʼISTON: HAMKORLIKDA YANGI LOYIHALAR MUHOKАMASI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasida Qozogʼiston Respublikasi sanoat va infratuzilma vazirligi sanoatni rivojlantirish qoʼmitasi raisining oʼrinbosari Oljas Saparbekov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda ikki mamlakatning charm-poybazal sohasida faoliyat yuritayotgan birlashmalari va tadbirkorlari ishtirok etdi. Kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish masalasi oʼrin oldi.

 Uchrashuv avvalida Qozogʼiston delegatsiyasiga mamlakatimizda charm-poyabzal va moʼynachilik sohasidagi qonunchilik bazasi, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati yuzasidan taqdimot oʼtkazildi. Shuningdek, xorijiy investorlarga yaratilgan sharoit va berilayotgan preferentsiyalar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

 “Bugun Oʼzbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida balki, MDH va xalqaro maydonda charm-poyabzal sohasida oʼz nufuziga ega mamlakat sanaladi. Xorijiy kompaniyalar mamlakatga investitsiya kiritishga, Oʼzbekiston bilan hamkorlik qilishga oshiqmoqda. Qozogʼiston charm-poybazal bozorining qariyb 50 foizini Oʼzbekiston korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar egallaydi. Shu sabab, biz ham mamlakat korxonalari bilan yaqin hamkorlik qilishga, yangi invest loyihalarini amalga oshirish maqsadidamiz”. deb oʼz fikrlarini bayon qildi delegatsiya rahbari Qozogʼiston Respubilkasi sanoat va infratuzilma vazirligi sanoatni rivojlantirish qoʼmitasi raisining oʼrinbosari Oljas Saparbekov.

 Mulqotda ikki mamlakat tadbirkorlar oʼrtasida yaqin hamkorlikni yoʼlga qoʼygan xolda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish boʼyicha takliflar tinglandi. Qozogʼiston tomoni maxsus industrial zonalarda Oʼzbekiston korxonalari uchun alohida dastur qabul qilgan xolda 3 foizlik kreditlar ajratilishini maʼlum qildi.

 Qozogʼiston delegatsiyasi bugungi kunda mamlakatning poyabzalga boʼlgan ichki talabining bor yoʼgʼi 4 foizi mahalliy tadbirkorlar tomonidan qoplanadi. Qolgani xorijdan keltiriladi. Charmni qayta ishlash sohasida esa 10 ta korxona faoliyat yurtishi malakatdagi xom ashyoni toʼliq qayta ishlash imkoniyatlarni chegaralamoqda. Shu bois delegatsiya aʼzolari bu yoʼnalishda Oʼzbekiston tajribasini oʼrganish maqsadga muvofiqligini qayd etdi.

 Shuningdek, Oʼzbekistonda tayyorlangan tayyor charm, poyabzal va moʼyna mahsulotlarini Qozogʼistonga eksportini yanada oshirish masalasi ham muhokama etildi. Аytish kerakki Qozogʼistonga joriy yilda poyabzal, charm-attorlik, charm, sunniy charm, qorakoʼl va jun mahsulotlari eksporti hajmi oʼtgan yilga nisbatan sezilarli ortgan. 

 Mulqotda kelgusidagi hamkorlikning istiqbolari va ikki davlat hamkorligida tashkil etiladigan biznes-missiyalarni tashkil etish masalasi atroflicha koʼrib chiqildi.

 

 

Uzcharmsanoat