“O‘zcharmsanoat” uyushmasida AQSHning “Doubletree Capital Bank”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yaponiyaning “Sankei Holdings” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida charmsanoat sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatimizda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Yaponiya kompaniyasiga mamlakatimizning charmsanoat sohasidagi so‘ngi yillardagi islohotlar, qonunchilik bazasi, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Yaponiyaning “Sankei Holdings” kompaniyasi uzoq yillardan buyon yirik sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish, eksportga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Shu kunga qadar, 15 dan ortiq mamlakatga keng ko‘lamli moliyaviy ko‘maklarni amalga oshirdi. Endigi maqsad O‘zbekistonning charmsanoatiga mablag‘ yo‘naltirib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarga eksport qilishdir.
Muloqotda amalga oshiriladigan loyihalarning biznes planlari, yo‘nalishlari, eksport bozorlari masalalari atroflicha muhokama etildi. Kompaniyaning respublikamizdagi korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, Yaponiya dizaynerlari tayyorlagan modellarni mamlakatimizda ishlab chiqarish bo‘yicha takliflari o‘rganib chiqildi.
“Sankei Holdings” kompaniyasi shuningdek, 16 ta hudduda tashkil etilayotgan KSZlaridagi invest loyihalarni moliyalashtirishga tayyor ekanligini, loyiha na’umunalari va biznes rejalar bilan tanishilgandan so‘ng moliyalashtirish ishlari boshlanishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda “Doubletree Capital Bank” o‘rtasida investitsiya loyihalariga xorijiy kapitalni jalb etish, eksportga ko‘maklashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlik memorandum imzolandi.
Uzcharmsanoat