Qozogʼiston poytaxti Ostona shahrida mehnat muhofazasi sohasidagi “Kiosh” 11-xalqaro koʼrgazmasi oʼz ishini boshladi. Sanoat xavfsizligi yoʼnalishida yangi ishlanmalar maydoniga aylangan ushbu koʼrgazmada 10 dan ortiq davlatning 50 ga yaqin yirik kompaniyalari oʼz mahsulotlari naʼmunalari bilan ishtirok etmoqda.
“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo mehnat muhofazasi va sanoat uchun uniforma hamda maxsus poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar jamoaviy stend bilan ishtirok etmoqda. Ekspozitsiyada 20 ga yaqin mahalliy korxonalarimizning 100 turdagi mahsulotlari namoyishga qoʼyilgan.
Muloqotlar,muzokarlar, yangi hamkorlar va biznes partfelda dastlabki shartnomalar. “KIOSh” xalqaro koʼrgazmasi Oʼzbekiston kompaniyalari uchun biznesni yanada rivojlantirish va eksport hajmlarini oshirishda qulay plaftorma salanadi. Bu anjuman nafaqat Ostona balki, butun Qozogʼiston sanoati uchun mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.
Koʼrgazmaning dastlabki kunida uyushmaga aʼzo “RG Altima” korxonasi Qozogʼistonning “СОФ”, “Тори Компани” korxonalari bilan 150 ming dollarlik shartnomalarni qoʼlga kiritdi. Iyun oyi boshida mahalliy korxonamiz oʼz mahsulotlarini Qozogʼistonga yetkazib berishni boshlaydi. Аndijon viloyatida joylashgan "KFK" korxonasi esa Qozogʼistonning "Kazlegprom" kompaniyasi bilan qiymati 750 ming dollarlik shartnomani imzoladi.
Koʼrgazma 26 mayga qadar davom etadi.
Uzcharmsanoat