Tadbirkorlar bilan "OCHIQ-MULOQOT"

18.12.2023

Tadbirkorlar bilan "OCHIQ-MULOQOT"

Andijon viloyatining Shaxrixon tumanida charm-poyabzal sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish, shuningdek sohaga oid berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar bilan ularni yaqindan tanishtirish maqsadida Shaxrixon tumani hokimi, “O’zcharmsanoat” uyushmasi raisi, O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 1-o’rinbosari ishtirok etdi.

Uchrashuvda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, o‘z taklif va muammolarini bildirishdi.

Murojaatlar asosan, kredit olish, yer masalasi hamda “Usta-shogird” аn'anasi asosida subsidiyalar ajratish, soliq ma’murchiligi va shu kabi boshqa masalalar yechimi yuzasidan so’z yuritildi.

Ochiq muloqotda o‘rganilishi vaqt talab etiladigan murojaatlar ijroga qabul qilinib, viloyat hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik va ijobiy hal etish bo‘yicha choralar belgilab olindi.

Uzcharmsanoat