“Oʼzcharmsanoat” uyushmasida Fransiyaning “Experto Consulting” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqotda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal va moʼyna mahsulotlarini YeI bozorida savdosini kengaytirish, eksport-import masalalari muhokama etildi.
Muloqotda Fransuz kompaniyasiga mamlakatimiz charm-poyabzal va moʼyna sanoatining ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berildi. Xorijiy brendlar bilan hamkorlik aloqalari yuzasidan taqdimot oʼtkazildi.
Uchrashuvda tomonlar Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarini YeI xususan, Fransiya bozoriga olib kirish, ularning savdosini ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi. Kompaniya vakillari Oʼzbekistonning bu borada imkoniyatlari va salohiyati yuqori ekanligini qayd etib, “Franchayzing”, “Аutsorsing” asosida Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish boʼyicha takliflarni bildirdi. Bu oʼz navbatida Oʼzbekiston mahsulotlarining Sharqiy Yevropa, Shimoliy Аfrika, Hindiston bozorlariga kirib borishiga xizmat qilish takidlandi.
Muloqot yakunida kelgusi yilning fevralida Parijda boʼlib oʼtadigan koʼrgazmada Oʼzbekiston va Fransiya korxonalari oʼrtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʼyicha В2В uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.
Uzcharmsanoat