“UzCharmExpoEurAsia-2023” 15-xalqaro koʼrgazma-yarmarkasi oʼz ishini boshladi

18.10.2023

“UzCharmExpoEurAsia-2023” 15-xalqaro koʼrgazma-yarmarkasi oʼz ishini boshladi

Poytaxtimizda “UzCharmExpoEurAsia-2023” charm, poyabzal, attorlik, qorakoʼl, moʼyna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar 15-xalqaro koʼrgazma-yarmarkasi oʼz ishini boshladi. “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur nufuzli forumning bosh tashkilotchilaridir. 

“UzCharmExpoEurAsia-2023” bu koʼp yillik tajriba va muvafaqqiyatli biznesning yutuqlari jamlangan manzildir. Yilda ikki marta- bahor va kuzda oʼtaziladigan mazkur koʼrgazma oʼzaro manfaatli hamorlikni yoʼlga qoʼyish, ikki tomonlama aloqalarni oʼrnatish, ishbilarmonlik portfelini yangi biznes loyihalar bilan boyitish hamda kooperatsiya aloqalarini oʼrnatishda, xalqaro taniqli brendlarni jalb qilish, soha eksportini yanada oshirishda samarali maydon sanaladi.

Bu yil koʼrgazma Xitoyning charm va poyabzal sanoatidagi eng yirik koʼrgazma kompaniyasi Zhejiang Donnor International Exhibition Co., bilan birlashib, oʼz ufqlarini kengaytirmoqda. Kompaniya bilan eksklyuziv shartnoma tuzildi. Unga koʼra Xitoydan “UzCharmExpoEurAsia-2023” koʼrgazmasida ishtirok etish uchun xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasi keldi.

Koʼrgazma pavilionlarida Germaniya va Italiya ishlab chiqaruvchilari, xususan, Tecon, Italprogetti, PratikaGroup, Vittoria Makina, ALPE va boshqa kompaniyalar tomonidan charm-poyabzal sanoati uchun innovatsion texnologik yechimlarni taklif etadi.

Koʼrgazma pavilionlarida Germaniya va Italiya ishlab chiqaruvchilari, xususan, Tecon, Italprogetti, PratikaGroup, Vittoria Makina, ALPE va boshqa kompaniyalar tomonidan charm-poyabzal sanoati uchun innovatsion texnologik yechimlarni taklif etadi.

Joriy yilda mahalliylashtirilgan mahsulotlar roʼyhati yaʼna 60 turdagi tovar bilan toʼldirilib, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 1462,2 milliard soʼmga yetkaziladi. Koʼrgazmada soʼnggi 5 yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eng yaxshi naʼmunalari namoyish etiladi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan Oʼzbekistonning 5 ta oliy oʼquv yurti ham “UzCharmExpo-Eurasia-2023” pavilionlaridan oʼz oʼrnini egallaydi.

Bu galgi koʼrgazmada mehmonlar geografiyasi Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Belgiya, Turkiya, Vengriya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Koreya Rossiya, Qozogʼiston, Belarus, Qirgʼiziston, Turkmaniston va boshqa davlatlardan iborat.

 “UzCharmExpoEurAsia-2023” Markaziy Osiyodagi charm-poyabzal va moʼyna sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan koʼrgazmasidir. 15-xalqaro koʼrgazmada ishtirok etish maqsadida 600 ga yaqin mahalliy va 70 dan ortiq xorijiy davlatlarning tashkilotlari va kompaniyalari oʼz mahsulot naʼmunalari bilan ishtirok etishmoqda. Joriy yilga koʼrgazmada 5000 dan ortiq ishtirokchining tashrif buyurishi kutilmoqda.

“UzCharmExpoEurAsia-2023” nafaqat kompaniyalarning salohiyati, mahsulot assortimenti va sohadagi innovatsiyalar bilan tanishish imkoniyati, balki, B2B va G2B, G2G muzokaralari uchun samarali platformadir. Koʼrgazma doirasda biznes-muloqotlar va taqdimotlar oʼtkazilmoqda.

Mahalliy charm, poyabzal, attorlik, qorakoʼl, jun va moʼyna sanoatining eng faol takliflari uch kunlik koʼrgazma “UzCharmExpoEurAsia-2023” stendlarida taqdim etiladi. Shuningdek, yosh dizaynerlarning modalar kolleksiyasi namoyishi oʼtkazildi.

Shuningdek, koʼrgazma doirasida turli mamlakatlar bilan mahsulotlarni xorijga, xususan, Yevropaga yetkazib berishni koʼpaytirish, xalqaro brendlarni jalb qilish, xalqaro sifat sertifikatlarini joriy etish va kadrlar tayyorlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʼyicha hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanish uchun tayyorlanmoqda.

 

Uzcharmsanoat