“O'ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI A'ZOLARINING NAVBATDAGI UMUMIY YIG'ILISHI O'TKAZILDI

30.06.2022

“O'ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI A'ZOLARINING NAVBATDAGI UMUMIY YIG'ILISHI O'TKAZILDI

Joriy yilning 29 iyun kuni “O'zcharmsanoat” uyushmasi a'zolarining navbatdagi Umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Uyushma Boshqaruvi a'zolari, Uyushmaning tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va Uyushma a'zolari - korxonalar ishtirok etdi.

Mazkur Umumiy yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining respublikamiz charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarini rivojlantirish va yanada qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga asosan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar natijalari, yo'l qo'yilgan kamchiliklar, 2022 yildagi ustuvor vazifalar va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

Xususan charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarida 2021 yil yakunlari bilan ishlab chiqarish, investisiya, maxalliylashtirish va eksport bo'yicha belgilangan barcha maqsadli ko'rsatkichlar ta'minlanganligi qayd etildi. Jumladan 
2021 yilda: 

birinchi – 4,4 trln. so'mlik yoki o'tgan yilga nisbatan 121,0 foizga ko'proq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Jumladan, charm mahsulotlari 1,6 mlrd.kv.dm. (110,8 foiz), poyabzal mahsulotlari 115,0 mln.juft (108,7 foiz), charm-attorlik mahsulotlari 102,0 mlrd.so'm (110,0 foiz);

ikkinchi – barcha manbalar hisobidan davlat investisiya dasturiga asosan 28 ta loyiha doirasida 125,4 mln.dollar investisiya mablag'lari o'zlashtirildi (prognozga nisbatan – 105,8 foiz), shundan, 56,08 mln.dollari (11 ta loyiha) to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar;

2021 yil yakuniga ko'ra jami 202,0 mln.dollarlik 112 ta loyihalar ishga tushirildi. Shundan 36,0 mln.dollarlik 9 tasi davlat investisiya dasturi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dkabrdagi PQ-4937-son qarori) doirasida hamda 166,0 mln.dollarlik 103 ta hududiy loyihalar. Natijada 11 120 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amalga oshirilgan loyihalar hisobidan 770 ming bosh chorva mollarini so'yish (zamonaviy kushxonalar), 500 mln.kv.dm charm mahsulotlari, 26,5 mln.juft turli poyabzallar va poyabzal tag qismlari, 3,5 mln.dona charm-attorlik mahsulotlari, 16,1 ming tonna yelim, EVA granula va PVX suyuqligi, 8,7 ming tonna jun mahsulotlari va 440 ming dona qorako'l mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha qo'shimcha quvvatlar yaratildi.

uchinchi – mahalliylashtirish dasturi doirasida 38 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 74 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi;

to'rtinchi – 419 mln.dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi belgilangan bo'lib, ushbu ko'rsatkich 420,6 mln. dollarga (100,3 foiz) bajarildi.

2021 yilda sohaning eksport geografiyasiga Avstriya, Fransiya, Germaniya, BAA, AQSH, Isroil va Misr kabi davlatlar qo'shilgani holda soha mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar soni 40 taga yetdi.

Mazkur yig'ilishda shuningdek 2022 yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2022 yil 26 fevraldagi PQ-143-son qarori ijrosini so'zsiz ta'minlash, shuningdek 2022 yil uchun ishlab chiqarish, investisiya va eksport bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlarga erishilishini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Joriy yilning 25-27 may kunlari Toshkent shahrida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda o'tkazilgan va dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar, 100 ga yaqin mahalliy korxonalarning 4 000 dan ortiq turdagi mahsulotlari namoyish maydoni bo'lgan “UzCharmExpo-2022” 12-xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi samarali tashkil etilganligi, unda qariyb 50 mln. AQSH dollariga teng eksport bitimlariga va 35 mln. AQSH dollari miqdoridagi dastlabki investisiya kelishuvlariga erishilganligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Shu bilan birga 2022 yilning 12-14 oktabr kunlari “UzCharmExpo-2022” 13-Xalqaro charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va jun mahsulotlari ko'rgazma-yarmarkasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar muhokama etildi.

Yuqorida belgilab olingan barcha ustuvor vazifalarni amalga oshirishda Uyushma tomonidan:

sohadagi charm-poyabzal va mo'ynachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan va eksport qiladigan barcha korxonalar bilan korxonabay ishlashni tashkil etish;

sohadagi barcha korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan muammolarini zudlik bilan hal etish choralarini ko'rish;

soha korxonalariga xorijiy investisiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni olib kelish;

soha korxonalari uchun mahalliy va xorijiy davlatlarda ko'rgazma yarmarkalar tashkil etib berish;

soha korxonalari mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro'yxatdan o'tkazish va sertifikatlash;

soha korxonalari mahsulotlarini xorijiy davlatlarda sotishni tashkil etish uchun savdo uylarini tashkil etishda doimiy yordam ko'rsatish ishlarini davom ettirish belgilab olindi.

Kun tartibi bo'yicha barcha masalalar yuzasidan “O'zcharmsanoat” uyushmasi mas'ullarining hisobotlari tinglandi va uyushma a'zolari-korxonalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Bunda 10 dan ortiq masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Uzcharmsanoat