“O'zcharmsanoat” uyushmasi, O'zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda Xitoy charmsanoati assosiasiyasi (CLIA) bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ikki davlat o'rtasida charm-poyabzal, mo'yna sanoatida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiya va eksport yo'nalishlarini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Onlayn muloqot avvalida “O'zcharmsanoat” uyushmasi CLIAga bugungi kunda mamlakatimizning charm-poyabzal va mo'ynachilik sanoatining ishlab chiqarish imkoniyatlari, investision salohiyati, eksport ko'rsatkichlari to'g'risida taqdimot o'tkazdi. SHuningdek, respublikamizda ayni sohaga o'z sarmoyasini kiritish niyatida bo'lgan xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan sharoitlar, davlat tomonidan berilayotgan soliq, bojxona imtiyozlari haqida atroflicha ma'lumot taqdim etildi. Shuningdek bugungi kunda O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan charm-poyabzal va mo'ynachilik korxonalari faoliyati, mahsulot turlari, mahalliylashtirish dasturi, xalqaro hamkorlik bo'yicha so'z yuritildi.
Ma'lumot o'rnida qayd etish kerak, CLIA 1998 yilda tashkil etilgan. Xitoy charmsanoati assosiasiyasiga bugungi kunda 1300dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari a'zodir. Xitoy charmsanoati assosiasiyasi milliy tashkilot bo'lib, butun Xitoy charmsanoati uchun xizmat qiladi. CLIA mo'yna va charm ishlab chiqarish, poyabzal, charmdan sumkalar, charm mahsulotlari va kimyoviy moddalar tayryolovchi korxonalar, shuningdek, tegishli muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va kollejlarni qamrab oldi. Hukumat va korxonalar o'rtasida ko'prik va bog'lovchi rolni bajaradi. Shu bilan birga, CLIA muhim milliy tashkilot bo'lib, sanoat dasturini belgilash, standartlashtirish, ekspertiza va charm sektorida so'rov o'tkazish, charm bozorlarini tashkil etishni qo'llab-quvvatlash, brendlarni ommalashtirish, kabi qator jarayonlarda ishtirok etadi. Ko'rgazmalar, fan va texnika taraqqiyotini rag'batlantirish, shaxsiy ta'lim, axborot ta'minoti, atrof-muhitni muhofaza qilish va xorijdagi sanoat bilan hamkorlik va almashinuvni amalga oshiradi.
Onlayn uchrashuvda O'zbekitson va Xitoy o'rtasida ayni yo'nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ikki tashkilot o'rtasida hamkorlik memarandumini imzolash bo'yicha fikr almashildi. “O'zcharmsanoat” uyushmasi hamda CLIAning o'zaro aloqalarni kengatirishi bu eng avvalo O'zbek-Xitoy korxonalari uchun qator manfaatli munosabatlari yo'lga qo'yishga imkon yaratadi. Shuningdek, O'zbekistonga Xitoy investisiyalarini yanada keng jalb etish bo'yicha ishlarni faollashtiradi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Xitoy charmsanoatidagi yirik kompaniyalar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar, ijener-texnologlar, dizaynerlar ishtirokida soha istiqbollari va hamkorlik aloqalariga bag'ishlangan xalqaro anjumanni o'tkazish bo'yicha fikr almashildi.
Uchrashuv so'ngida konstruktiv muloqotlarni davom ettirish va hamkorlikni kengaytirish yuzasida bu kabi uchrashuvlarni ko'proq o'tkazishga, ikki davlat delegasiyalarining tajriba almashish amaliyoti va biznes missiyalarni tashkil etishga kelishib olindi.
Uzcharmsanoat