Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

27.06.2022

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli OAV vakillari,

Sizni 27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Hozirgi kunda OAV hokimiyatning to'rtinchi ustuni sifatida davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega. O'ziga xos yondoshuvingiz bilan yillar davomida yechimini kutgan muammolar hal qilinmoqda. Tezkorligingiz sabab yurtimizning eng chekka hududlari aholisi har bir sohadagi islohotlar va o'zgarishlar to'g'risida xolis axborotni olish imkoniyatiga ega. Charm-poyabzal sanoati ham bundan mustasno emas.

Mamlakatimizning charm-poyabzal va mo'ynachilik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining xizmatlari beqiyosdir. “O'zcharmsanoat” uyushmasi OAV bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan.  

Dolzarb mavzularni xalqimizga yetkazishdagi mashaqqatli va mas'uliyatli mehnat faoliyatingizda qalamingiz doim o'tkir bo'lsin!

Kasb bayramingiz muborak! 

Hurmat bilan,
“O'zcharmsanoat” uyushmasi raisi 
Faxriddin Boboev

Uzcharmsanoat