“OʻZCHARMSANOAT” UYUSHMASIDA ISO 9001:2015 HALQARO SIFAT MENEJMENTI TIZIMI JORIY ETILDI

18.04.2022

“OʻZCHARMSANOAT” UYUSHMASIDA ISO 9001:2015 HALQARO SIFAT MENEJMENTI TIZIMI JORIY ETILDI

Oʻzbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tobora yaqindan integratsiyalashib borarkan, tashqi savdo-iqtisodiy munosabatlar xalqaro standartlarga mos ravishda taraqqiyotni talab etadi.

Boshqacha aytganda, globallashgan jahon iqtisodiyoti tizimida u yoki bu turdagi tovar yoki xizmatning sotilishi, oʻz xaridorlariga ega boʻlishi va ushbu turdagi tovar yoki xizmatlarning oʻrnini bosuvchi raqobatchilari bilan munosib raqobat qila olishiga xalqaro standart sertifikatiga erishish juda katta taʼsir koʻrsatadi. Ana shunday xalqaro standartlardan biri ISO (International Organization for Standartization) – Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining standartlari majmuasidir.

2022 – 2026-yillarga moʻljallangan yangi oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan maqsadlardan biri respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish va buning uchun tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish hisoblanadi.


Shu maqsadda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan ham tizimda ISO 9001:2015 standarti boʻyicha halqaro sifat menejment tizimini joriy qilish boʻyicha bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi.

Yuqoridagi tadbirlar oʻz samarasi natijasida “Oʻzbek-Turk Test Markazi” QK tomonidan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti boʻyicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tizimida halqaro sifat menejmenti tizimining joriy etilishi uyushma oldiga qoʻyilgan vazifalarni sifatli ijro etish, xususan soha korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi bozorlarga chiqish, soha maxsulotlarining eksport geografiyasini yanada kengaytirish imkonini beradi.
 

Uzcharmsanoat