HINDISTONDA MAMLAKATIMIZ CHARM-POYABZAL SANOATI TAQDIMOTI

12.04.2022

HINDISTONDA MAMLAKATIMIZ CHARM-POYABZAL SANOATI TAQDIMOTI

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining Hindistonlik investorlarga mamlakatimiz charm-poyabzal tarmogʻi salohiyatini  yaqindan tanishirishga qaratilgan biznes-missiyasi oʻz faolitini boshladi. Dastlabki uchrashuvlar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotda mamlakatimizdagi investitsiya siyosati, xorijiy sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyoz va yengilliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Suhbat davomida ayni sohada oʻzaro hamkorlik koʻlamini oshirish, tajriba almashish, qolaversa, charm mahsulotlarini sotish boʻyicha bir qator manfaatli takliflar ham ilgari surildi. 

Shuningdek “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delgatsiyasi charm korxonalar uchun xom ashyo va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi “Ramsas” kompaniyasi rahbari bilan muloqot oʻtkazdi.

Hindistonlik tadbirkor uchrashuvda davomida Oʻzbekiston bilan charm sanoat sohasida xamkorlikni rivojlantirish boʻyicha  kelishuvga erishdi. Hind kompaniyasining fililali mamlakatimizda ochilishi boʻyicha muloqtlar oʻtkazildi. 

Uyushma delegatsiyasi ayni vaqtda Agra va Kanpur shaharlarida ham Hindistonlik investorlar bilan muloqotlarga kirishgan.

Uzcharmsanoat