OʼZBEKISTON-XITOY: IKKI DАVLАT OʼRTАSIDА KOOPERАTSIYANI RIVOJLАNTIRISH KOʼRIB CHIQILDI

19.12.2022

OʼZBEKISTON-XITOY: IKKI DАVLАT OʼRTАSIDА KOOPERАTSIYANI RIVOJLАNTIRISH KOʼRIB CHIQILDI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati hamda Oʼzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqotdan koʼzlangan asosiy maqsad ikki davlat oʼrtasida charm-poyabzal va moʼynachilik soxasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi xolatini koʼrib chiqish, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha “Yoʼl xaritasini” ishlab chiqishdan iborat boʼldi. Shuningdek, eksport koʼrsatkichlarini yanada oshirish va Xitoylik investorlarni mamlakatimizga faol jalb qilish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv avvalida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan Xitoylik investorlar uchun mamlakatimizning charm-poyabzal sohasiga berilayotgan eʼtibor, imkoniyatlar va yengilliklar, sohaning salohiyati, xom ashyo zahirasi toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berildi. Shuningdek, yurtimizda xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar va eksportyor korxonalar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida axborot berildi.Oʼzbekiston-Xitoy oʼrtasida charm-poyabzal va moʼynachilik tarmogʼida manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʼyicha qator tashkiliy va amaliy masalalar muhokama qilib olindi.

Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan soha mahsulotlarining eksport qiymati 2021 yilda 33,7 mln. AQSH dollarni tashkil etgan. Shuningdek, bugungi kunga kelib, charm-poyabzal va moʼynachilik sanoati korxonalari hamda Xitoylik salohiyatli investorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 35,0 mln AQSh dollarlik 9 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi.

Uzcharmsanoat