O`ZBEKISTON-ERON: HАMKORLIKNING YANGI YO`NАLISHLАRI

28.11.2022

O`ZBEKISTON-ERON: HАMKORLIKNING YANGI YO`NАLISHLАRI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda Eron Islom Respublikasining “Hamidi Plast” kompaniyasi vakillari oʼrtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv avvalida Eron kompaniyasiga Uyushma rahbariyati tomonidan mamlakatimizda charm-poyabzal tarmogʼining ishlab chiqarish salohiyati, investitsiya, eksport koʼrsatkichlari, xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan sharoit va berilayotgan imtiyozlar to`g`risitada atroflicha maʼlumot taqdim etildi.

Qayd etish kerak, “Hamidi Plast” kompaniyasi Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi kichik sanoat zonasiga 400 000 АQSh dollar investitsiya kiritish evaziga mavsumiy poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi loyihani amalga oshirgan. Kompaniya bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan mavsumiy poyabzallar modellarini tayyorlashni maqsad qilgan. 2023 yildan boshlab korxona toʼliq quvvatda oʼz faoliyatini boshlaydi.

Uchrashuv davomida Eron kompaniyasi kelgusida Oʼzbekistonda “EVA” granulasini ishlab chiqarishga moʼljallangan yangi investitsion loyihani amalga oshirishni maqsad qilganini maʼlum qildi. Muloqotda yangi korxonani tashkil etish va xom ashyo bazasi bilan taʼminlash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, “Hamidi Plast” kompaniyasining Uyushmaga aʼzolikka qabul qilish boʼyicha talabnomasi koʼrib chiqildi. Endilikda Eron kompaniyasi “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi xorijiy korxona sifatida mamlakatimizda oʼz faoliyatini davom ettiradi. 

Uchrashuv soʼngida yangi loyihalarni amalga oshirish boʼyicha oldinda turgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Uzcharmsanoat