CHARM-POYABZAL SANOATIDA MARKETING: BRENDLAR UNDAN QANDAY FOYDALANISHI KERAK?

18.10.2022

CHARM-POYABZAL SANOATIDA MARKETING: BRENDLAR UNDAN QANDAY FOYDALANISHI KERAK?

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Bangladesh Respublikasining “Best Sourcung” kompaniyasi taʼsischisi Mehdi Mahbub bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda mamlakatimiz charm-poyabzal va mo‘ynachilik korxonalarining marketing faoliyatida Bangladesh tajribasidan foydalangan xolda ishlarni tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Qayd etish kerak, bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi charm-poyabzal yo‘nalishida ham hamkorlar topish, eksport geografiyasini kengaytirish, investitsiyalarni faol jalb etishda aynan marketingning o‘rni kattadir.

Bangladesh tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, samarali marketing sabab bugungi kunda aynan ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarining eksport hajmi 1 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Jahonga mashhur “Nike”, “Puma”, "Calvin Klein", “Wrangler”, “H&M”, “Target”, Ispaniyaning “Zara” kabi brendlarining ishlab chiqarish korxonalari Bangladeshda joylashgan.

Muloqotda mamlakatimizning charm-poybazal tarmog‘ida marketing faoliyatini yana-da oshirish, xorijga chiqishda bozorni o‘rganish va uni tahlil qilish bo‘yicha Bangladesh korxonalari foydalanayotgan marketing jarayonlarini qo‘llash, bayerlar dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. Bu borada esa “Best Sourcung” kompaniyasi bilan yaqin hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etish kerak, xozirda Bangladeshda poyabzal va attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yarim tayyor va tayyor charm xom ashyosi yetarli emas. Uchrashuvda O‘zbekistondan mazkur mamlakatga mahalliy korxonalarimizda ishlab chiqarilgan charmning “Wet-Blue”, “Krast”, “Finish” ko‘rinishlarini eksport qilish masalasi ham muhokama qilib olindi.

O‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyalar uchun bizens turlarni tashkil etish bo‘yicha ham tashabbuslar ilgari surildi. Buning natijasida O‘zbekiston korxonalari Bangladeshda marketing va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishsa, Bangladeshdan kelgan investor va bayerlar O‘zbekistondan tayyor charm, poyabzal mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlar, kimyoviy vositalarni O‘zbekistonning o‘zida tayyorlashni kengaytirish bo‘yicha ham amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Muloqot so‘nigda kelgusidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilib olindi.

Uzcharmsanoat