“EXPORT TRADING GROUP” OʻZBEKISTONDA OʻZ FAOLIYATINI KENGAYTIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

29.09.2021

“EXPORT TRADING GROUP” OʻZBEKISTONDA OʻZ FAOLIYATINI KENGAYTIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda ETG (Export Trading Group) xalqaro kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur xalqaro kompaniya dunyoning 54 davlatida oʻz faoliyatini olib boradi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi mamlakatimizga investitsiyalar oqimini yanada kengaytirish va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish kerak, ETG bugungi kunda qishloq xoʻjaligi, logistika, raqamli tarnsformatsiya, energetika kabi turli sohalarda globol ahamiyatga ega kompaniya sanaladi. Kompaniya nafaqat chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tashkilot sifatida balki, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida jahonga oʻzini tanitgan. Kompaniya katta savdo bozoriga ega sanaladi.


Uchrashuvda uyushma rahbariyati tomonidan Niderlandiyalik ishbilarmonlarga Oʻzbekistondagi sarmoyaviy muhit, investorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida xalqaro kompaniya vakillari tashkilotning tarixi, xalqaro bozordagi oʻrni va ahmiyati haqida maʼlumot taqdim etishdi.

ETGning Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini kengaytirishi mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytiradi.  Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishishdi.

Uzcharmsanoat