ROSSIYA “KOTOFEY” KOMPANIYASI O'ZBEKISTON POYABZAL KORXONALARI BILAN HAMKORLIK QILISHNI REJALASHTIRMOQDA

09.12.2021

ROSSIYA “KOTOFEY” KOMPANIYASI O'ZBEKISTON POYABZAL KORXONALARI BILAN HAMKORLIK QILISHNI REJALASHTIRMOQDA

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Rossiya bozorida “Kotofey” savdo belgisi ostida bolalar va o‘smirlar poyabzallarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan “Egoryevsk-Obuv” AJ bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda ushbu brend Rossiya Federatsiyasida  etakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Har yili Rossiya bozoriga 3,5 million juftdan ortiq bolalar poyabzalni etkazib beradi. Brendning assortimentidan bolalar bog'chasidan to o'smirlarbpoyabzallari jam olgan.  Funksional maqsadi bo'yicha - barcha mavsum uchun poyabzallarni ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarilgan poyabzallarning butun assortimenti yiliga kamida 80% ga yangilanadi. Kompaniyada barcha tendensiyalarni jamlanadi.

Mahsulotlarining 3/2 qismi Rossiyada ishlab chiqariladi, qolgan qismi xorijda, ya’ni Janubi-Sharqiy Osiyoda tayyorlanadi. Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilmoqda.

Tashrif kun tartibi nihoyatda boy boʻlib, “Egoryevsk-Obuv” AJ vakillari Toshkent, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi bir qator ishlab chiqarish obʼyektlari va savdo shoxobchalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Birinchi bosqichda Rossiyalik hamkorlar O‘zbekistondan 400 mingga yaqin poyabzalning ustki qismlarini va tayyor charm xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Uzcharmsanoat