“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Rossiyaning “Dekos” kompaniyasi bilan mamlakatimizda tabbiy va sunniy charmdan foydalangan xolda charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxonani ochish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda uyushma rahbariyati mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalar va eksportyor korxonalarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar xususida batafsil maʼlumot berdi.
Oʻz navbatida “Dekos” kompaniyasi Oʻzbekistonda biznesni yoʻlga qoʻyish uchun hukumat tomonidan yetarlicha imkoniyatlar yaratilganini qayd etdi. Kompaniya rahbari Aleksandr Sinyakov respublikamiz hududlari jumlandan, Toshkent shahri, Namangan va Fargʻona vilyaotlarida boʻlib, charm-poyabzal va charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalariga tashrif buyurdi. Ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish kerak, “Dekos” kompaniyasi “Rellecon” brendi ostida tabbiy va suniy charmdan charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqaradi.
Muloqot davomida Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonda yangi korxona ochish boʻyicha tashabbus bildirdi. Mazkur korxonada sifatli va eksportga yoʻnaltirilgan charm-attorlik buyumlari ishlab chiqariladi. Shuningdek, Rossiyalik mutaxasisslar ishtirokida mahalliy kadrlarni malakasini oshirish boʻyicha ishlar amalga oshiriladi.
Uchrashuv yakunida yangi korxonani ochish boʻyicha zarur boʻlgan tashkiliy va amaliy maslalar atroflicha muhokama etildi.
Uzcharmsanoat