OʻZBEKISTON-ISPANIYA: CHARM-POYABZAL TARMOGʻIDA MANFAATLI HAMKORLIK

01.11.2021

OʻZBEKISTON-ISPANIYA: CHARM-POYABZAL TARMOGʻIDA MANFAATLI HAMKORLIK

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan Ispaniyaning GEDEPSA promouterlik va konsalting kompaniyasi bosh direktori Alexandro Pastrana Molero o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan uchrashv bo’lib o’tdi. Muzokaralarda  O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarini Yevropa, jumladan, Ispaniya bozorlariga eksport qilish masalasi muhokama etildi.
Uchrashuv avvalida uyushma rahbariyati janob Alexandro Pastrana Moleroga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, O‘zbekistonning sarmoyaviy va eksport salohiyati haqida ma’lumot berdi.

GEDEPSA kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bilan hamkorlikda  Ispaniya bozoriga tayyor charm eksport qilish, o’zbek charmidan raqobatbardosh poyabzal ishlab chiqarish  bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish  tashabbusi bilan chiqdi.
Ma’lumot uchun: GEDEPSA’ning Vengriya, Chexiya, Qozog‘iston, Armaniston va Gruziyada vakolatxonalari mavjud. U ekologiya, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida faoliyat yurituvchi yirik ixtisoslashgan loyihalarga Ispaniya kompaniyalarini jalb qilish bilan shug’ullanadi. 
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Ispaniya tadbirkorlari ishtirokida kelgusida yangi qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi. Mehmon mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti va xorijiy investorlarga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamni inobatga olgan holda, taklif etilayotgan korxonani ishga tushirilishi muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Suhbat davomida hamkorlikning keyingi istiqbollariga oid tashkiliy va amaliy masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Uzcharmsanoat