2024/11/17

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi a'zolari boʻlgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Kengashi yigʻilishining 2024 yil 
11 noyabrdagi 4-son qaroriga muvofiq  “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi a'zolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi videokonferens aloqa, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish orqali 2024 yilning 
25 noyabr kuni soat 15-00da Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 
8-uy manzilidagi “Oʻzpaxtasanoat” ilmiy markazi binosining majlislar zalida oʻtkaziladi.
Umumiy yigʻilishning kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:
1. Sanoq komissiyasi a'zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Uyushma ijro etuvchi apparatining hamda Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 2024 yil uchun xarajatlar smetasini koʻrib chiqish va ma'qullash.
3. Uyushma Boshqaruv raisini saylash.
4.  Uyushma Boshqaruv a'zolarini tayinlash.

Umumiy yigʻilishda ishtirok etuvchilardan oʻz pasportlarini Sanoq komissiyasi a'zolariga koʻrsatishlari, agar vakil ishtirok etadigan boʻlsa, ushbu vakil nomiga yuridik shaxs nomidan yigʻilishda ishtirok etish huquqini beruvchi oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan Ishonchnomani Uyushmaning +99893 399 00 44 raqamli telegramm kanali orqali taqdim etishlari soʻraladi.
Yigʻilish ishtirokchilari yigʻilishga video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulanish orqali yoki yigʻilish oʻtkaziladigan joyga shaxsan kelish orqali ishtirok etishlari mumkin. 
Yigʻilish ishtirokchilari 2024 yil 25 noyabr kuni soat 15-00gacha roʻyxatga olinadi.
Qoʻshimcha ma'lumot olish uchun telefon: 71 207 95 55 (ichki 160).

Uzcharmsanoat