“O‘zcharmsanoat” uyushmasi “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

29.10.2026

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

Toshkent shahrida “O‘zgarayotgan dunyo uchun innovatsiyalar” shiori ostida “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va charm-poyabzal sanoati korxonalari ham ishtirok etib, sohadagi innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli yechimlarni namoyish etmoqda.

15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda tashkil etilgan ko‘rgazmada 265 ta mahalliy va xorijiy ishtirokchi, 240 ta stend hamda 750 ta innovatsion mahsulot taqdim etilmoqda.

Haftalik doirasida ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, innovatsion loyihalarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasining ushbu tadbirdagi ishtiroki charm-poyabzal sanoatida innovatsiyalarni joriy etish, mahalliy korxonalarning texnologik salohiyatini oshirish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Uzcharmsanoat