Andijonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolarga joyida yechim

20.10.2026

Andijonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolarga joyida yechim

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati va Xalq Banki rahbariyati Andijon viloyatiga tashrif buyurib, KFK korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning muammo va savollari, shuningdek, sohani rivojlantirishga doir takliflari tinglandi. Ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va yechimini kutayotgan masalalar batafsil muhokama qilindi.

Ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar atroflicha o‘rganilib, joyida hal etildi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar va zarur tushuntirishlar berildi. Uchrashuvda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.

Uzcharmsanoat