Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmakasi

05.04.2024

Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmakasi

Buxoro viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka tashkil etildi. Ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan sanoat yarmarkasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a'zo "G‘ayrat chodak" MCHJ, "Bek Bags" MCHJ va "MRR New Star 2020" MChJ "Mexavaya moda " MCHJ va "Buxoro qorako‘l" MCHJ korxonalari  tayyor charm, poyabzal, qorako‘l, attorlik buyumlarining yangi kolleksiyalari bilan ishtirok etdi.
Uyushmaga a'zo korxonalar tarmoqlararo sanoat yarmarkasida yirik, o‘rta va kichik biznes vakillari bilan ko‘rgazma maydonlarida B2B va B2G formatidagi uchrashuvlarni o‘tkazishdi. Shuningdek, new.cooperation.uz elektron kooperatsiya portali orqali shartnomalarni tuzish imkoniniga ega bo‘lishdi.  
  Mazkur ko‘rgazma o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish, ishbilarmonlik portfelini yangi biznes loyihalar bilan boyitishda samarali maydon bo‘lib xizmat qildi

Uzcharmsanoat