Turkiyaning El Taban kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiya loyihasini ishga tushirmoqda

06.03.2024

Turkiyaning El Taban kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiya loyihasini ishga tushirmoqda

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Turkiya O‘zbekistonning “El Taban” va O‘zbekistonning “San+One” kompaniyasi rahbarlari Soner Ergul va Shuhrat To‘ychiev bilan uchrashdi. Muhokamalar markazida charm-poyabzal sanoatida yangi avlod poyabzal tagliklarini ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi yangi investitsiya loyihasi joy egalladi.Ishni yanada samarali tashkil etish va mazkur loyihani ishga tushirishni tezlashtirish maqsadida yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Turkiya bilan hukumatlararo komissiya va ATB Xalq Banki vakillari ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, “El Taban Deri Sanayi Ticaret Lmt Şrt” poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 2017-yilda Istanbulda tashkil etilgan. Poyafzal tagliklari ishlab chiqaruvchi korxona sifatida ichki bozor hama xorijda ham ko‘plab xaridorlarni jalb etmoqda. Kompaniya quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi:

Poliuretan taglik

· Kauchuk taglik (kauchuk)

TPU tashqi taglik

· EVA taglik

· Termo taglik

O‘tkazilgan yig‘ilish “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va charm-poyabzal korxonalarining joriy yilning fevral oyida Turkiya Respublikasiga tashkil etilgan ishbilarmonlik tashrifning mantiqiy davomi bo‘ldi. Tomonlar bir oydan kamroq vaqt oldin erishilgan kelishuvlarni amalda tadbiq etishga kirishgan. Ayni paytda yangi zavod qurish uchun yer olish, shuningdek, loyihani moliyalashtirish masalalari bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilishda hukumat va tijorat bank vakillari investitsiya loyiha va uni amalga oshirish bosqichlari, qiymati va mamlakatimiz uchun iqtisodiy foydasini atroflicha o‘rgandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 2,1 million dollarga baholanmoqda. Uning amalga oshirilishi bilan Toshkent viloyatida o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. O‘zbekistonda yangi turdagi poyabzal tagliklarini ishlab chiqarishni rivojlantirish ham poyabzal tannarxini pasaytiradi. Yangi korxonada ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlar nafaqat O‘zbekiston bozori ehtiyojini qoplaydi, balki Turkiya va Yevropaga ham eksport qilinadi.


 

Uzcharmsanoat