“O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi F.Nurmuxamedov Pokiston Islom Respublikasining “Leading edge alliance” kompaniyasi rahbari, O`zbekistonning Pokistondagi bosh konsulligi faxriy konsuli Najeeb Mushtaq Vohra boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʼtkazdi. Mazkur muloqot mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi va amaliy ko`magida tashkil etildi. Uchrashuvda mahalliy charm korxonalari tomonidan qishlab chiqarilgan charm mahsulotlarini Pokistonga eksport qilish masalasi bo`ldi.
Dastlab, Pokiston tomoniga mamlakatimiz charm sanoatida so`ngi yillarda erishilgan yutuqlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport ko`rsatikichlar hususida maʼumotlar taqdim etildi.
“Leading edge alliance” kompaniyasi o`z navbatida bugungi kunda O`zbekiston charm sanoatidagi yutuqlarni alohida eʼtirof etib, Pokistonning qator kompaniyalari mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda charm mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha tashabbuslar bildirildi.
O`zbekiston tomoni xorijiy hamkorlarga charm mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar to`g`risida maʼlumot berdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, sifat ko`rsatikchlari va standartlar haqida fikr almashildi. Pokiston kompaniyasi tomoniga naʼmunlar yetkazib beriladigan bo`ldi. Laboratoriya sinovlari yakuniga yetgach, mahalliy korxonalarimiz bilan eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Uzcharmsanoat