“ARASTA” ITC: MAQSADIMIZ O‘ZBЕKISTON BILAN AYOLLAR POYABZALLARINI ISHLAB CHIQARISH

06.02.2024

“ARASTA” ITC: MAQSADIMIZ O‘ZBЕKISTON BILAN AYOLLAR POYABZALLARINI ISHLAB CHIQARISH

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 yanvar kuni 2024 yilda investitsiya, eksport va sanoat sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o`tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vaziflar va topshiriqlar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan mamlakatimiz charmsanoat korxonalaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga biznes missiyani amalga oshirmoqda. Ishbilarmonlik tashrifining dastlabki kunida delegatsiya a’zolari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib, dunyoga mashxur “Arasta” xalqaro savdo kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqotda kompaniya kapitali asosida hamkorlikda qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish, xalqaro olnayn savdo platformalarida O‘zbekiston mahsulotlarining savdosini yo`lga qo`yish, kadrlar tayyorlash va qayta tayorlashda tajriba almashish masalalari muhokama etildi.​

Ma’lumot uchun: “Arasta” xalqaro savdo kompaniyasi 2007 yilda tashkil topgan. Bosh qarorgohi Turkiya poytaxti Anqara shahrida va filiali Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan. Kompaniya elektron tijorat moda sanoatida faol ishlamoqda. “Arasta” xalqaro savdo kompaniyasi o‘sha paytdagi shartlarga qaramay, elektron tijorat va ulgurji savdoda juda tez va samarali o‘sishni ko‘rsatdi. Har doim yangilik va rivojlanishga ochiq bo‘lgan kompaniya eng og‘ir iqtisodiy sharoitlarni ham yengib o‘tib, bugun “CZ London”, “Callizio”, “Arasta”, “Buyuksun”lari kabi 10 dan ortiq brend ostida erkaklar, ayollar poyabzallarini, charm-attorlik buyumlari hamda charm kiyimlar ishlab chiqarish va ularning xalqaro savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning Anqarda 15 ta ishlab chiqarish fabrikalari bor. Kuniga 1000 juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. 200 ga yaqin ishchi mehnatchilar faoliyat olib boradi. 2023 yil yakuni bilan kompaniya brendlar ostida 102 ta davlatga mahsulot eksport qilingan. Xalqaro bozorda onlayn savdolarni samarali yo‘lga qo‘ygani bilan mashhur.

 Muloqotda O‘zbekiston korxonalari tomonidan bugungi kunda charmsanoat sohasidagi so‘ngi yillardagi islohotlar, ishlab chiqarish salohiyati, investitsiya, eksport ko‘rsatkichlari haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekistonning logistik jihatdan qulay tuzilmaga egaligi, davlat tomonidan investorlarga berilayotgan bojxona, soliq imtiyozlari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

Mahalliy tadbirkorlarimiz bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda kompaniya rahbari Mehmet Bahadir Jam o`z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

“Bugun Turkiyada charmsanoat sohasida raqobat juda yuqori. Xom ashyo xususan, xom teriga bo‘lgan talab yildan yilga ortib bormoqda. Natijada tan narx ko‘tarilmoqda. Shuningdek, soliq va bojxona to‘lovlarining balandligi sabab, xorijiy hamokrlar bilan savdo- iqtisodiy aloqalarda muamolar yuzaga kelmoqda. Biz O‘zbekiston charmsanoat sohasi rivojini chuqur taxlil qilib chiqdik. Bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi xom ashyoni qayta ishlash imkoniga ega. Bojxona va soliq imtiyozlaridagi yengiliklar esa tashqi bozorlarga chiqish imkonini oshirmoqda. Ayniqsa logistika borasida O‘zbekiston qulay nuqutada joylashgan. Maqsadimiz O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikda qo‘shma invest loyihani amalga oshirib, xalqaro talablar asosida erkaklar va ayollar poyabzallarini ishlab chiqarish. Fevral oyida O‘zbekistonga borib salohiyatli O‘zbek korxonalari bilan kelishuvga erishish niyatidamiz.”

 Shuningdek, muzokaralarda O‘zbekiston korxonalari invest loyihani amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilib olishdi. Poyabzal modellarini ishlab chiqishda dizayner va texnologlarni tayyorlash yo`nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Bundan tashqari xalqaro onlayn savdo platformalarida O‘zbekiston mahsulotlarining savdosini yo‘lga qo‘yishda kompaniya amaliy ko‘makka tayyor ekanligini bildirdi. Bu borada mutaxassislarni o‘qitishga kelishib olindi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar kompaniyaning mahsulotlarni saqlash omborida yo‘lga qo‘yilgan avtomatlashtirlgan tizim hamda savdo do‘konida bo‘lib marketing faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishdi.

Uchrashuv so‘ngida “Arasta” xalqaro savdo kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga 2024 yil fevral oyida tashrifini amalga oshirish, rejalashtirilayotgan invest loyiha yuzasidan mamlakatimiz korxonalari bilan muzokaralarni boshlab, yil yakuniga qadar yangi loyihani ishga tushirishga kelishib olindi.

Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarimiz mamlakatimizning Anqaradagi elchixonasida bo`lib, ikki davlat o`rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarida fikr almashishdi. Elchixona vakillari tadbirkorlarmizni qiziqtirgan masalalar bo`yicha hamkorlik yo`nalishlarini belgilab olib ularga amalik ko`mak ko`rsatishga tayyor ekanligini ma`lum qilishdi.​

Uzcharmsanoat